Nozima Kamoltoyeva (1999-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik proffessional ayol futbolchi, Oʻzbekiston ayollar chempionatining „Metallurg“ klubi himoyachisi. U futzalchi ham boʻlib, futbol va futzalda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida oʻynagan.

Klub faoliyati Kamoltoyeva Oʻzbekistonning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan.

Terma jamoadagi faoliyati Kamoltoyeva Oʻzbekiston terma jamoasida ham futbol, ​​ham futzal boʻyicha yuqori saviyadagi oʻyinlarda ishtirok etgan. Futbol boʻyicha 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining ikkita saralash bosqichida (2015 va 2017) va 2018-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan.

Futzal boʻyicha Kamoltoyeva Oʻzbekiston terma jamoasi bilan 2018-yilgi ayollar futzal boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan.

Yana qarang Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi futbolchilari roʻyxati Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol futbolchilari Turkum:Ayollar futboli himoyachilari Turkum:Metallurg ayollar klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik ayol futzalchilar Turkum:21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari