Ilmiy metod — bilim olishning empirik usuli boʻlib, XVII asrlardan beri ilm-fan sohasida qoʻllanib kelmoqda. Ilmiy metod ilmiy bilimlarni doimiy ravishda rivojlantirishga qaratilgan, inson bilishining obyektiv jarayonlari, qonunlari va tendensiyalarini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Ushbu metod diqqat bilan olib boriladigan ilmiy kuzatuvlar bilan uygʻunlashgan skeptitsizmni oʻzida jamlaydi, chunki kognitiv taxminlar kuzatuvning talqinini buzishi mumkin. Ilmiy tekshiruv induksiya orqali tekshiruvga yaroqli gipotezani yaratish, uni tajribalar va statistik tahlillar yordamida sinovdan oʻtkazish hamda natijalar asosida gipotezani toʻgʻrilash yoki uni rad etishni oʻz ichiga oladi.
Garchi turli ilmiy sohalar oʻrtasidagi protseduralar bir-biridan farq qilsa-da, ularning tub jarayoni koʻp hollarda oʻxshash boʻladi. Xususan, ilmiy metod ilmiy farazlar (faraziy tushuntirishlar) yaratish, gipotezaning mantiqiy oqibatlarini bashorat qilish, soʻngra ushbu bashoratlarga asoslangan tajriba yoki empirik kuzatuvlarni amalga oshirishni oʻz ichiga oladi with added notes. Reprinted with previously unpublished part, Collected Papers v. 6, paragraphs 452–85, The Essential Peirce v. 2, pp. 434–450, and elsewhere. N. B. 435.30 'living institutionʼ: Hibbert J. mis-transcribed 'living institutionʼ: („constitution“ for „institution“). Gipoteza — bu savolga javob izlash jarayonida olingan bilimlarga asoslangan farazdir. Gipotezalar juda aniq yoki keng koʻlamli boʻlishi mumkin, biroq, albatta, ularni soxtalashtirishning imkoni boʻlishi kerak. Yaʼni eksperiment yoki kuzatuv gipotezaga zid keluvchi natijalarni aniqlash imkonini berishi lozim, aks holda, gipotezani mazmunli sinab boʻlmaydi.
Garchi ilmiy metod koʻpincha qatʼiy ketma-ketlikdagi qadamlar sifatida koʻrilsa-da, aslida ushbu metod umumiy tamoyillar toʻplamini ifodalaydi. Har bir ilmiy tekshiruvda ham barcha qadamlar bajarilmasligi (yoki bir xil darajada boʻlmasligi) mumkin va ular har doim ham bir xil tartibda kelmaydi: „The scientific method 'is often misrepresented as a fixed sequence of steps,' rather than being seen for what it truly is, 'a highly variable and creative process' (AAAS 2000:18). The claim here is that science has general principles that must be mastered to increase productivity and enhance perspective, not that these principles provide a simple and automated sequence of steps to follow.“William Whewell, History of Inductive Science (1837), and in Philosophy of Inductive Science (1840). Koʻplab kashfiyotlar ilmiy metodning darslikda tasvirlangan modeliga mos ravishda amalga oshmagan, bunday hollarda tasodifning roli katta boʻlishi mumkinDunbar, K., & Fugelsang, J. (2005). Causal Thinking in Science: How Scientists and Students Interpret the Unexpected. In M. E. Gorman, R. D. Tweney, D. Gooding & A. Kincannon (eds.), Scientific and Technical Thinking. Mahwah, NJ: Lawrence Erlbaum Associates. pp. 57–79..
Tarixi
Ilmiy metod tarixi faqatgina fan tarixining oʻzini emas, balki ilmiy tadqiqot metodologiyasidagi oʻzgarishlarni ham koʻrib chiqadi. Ilmiy fikrlash qoidalarining ishlab chiqilishi oson kechmagan. Ilmiy metod butun fan tarixi davomida qizgʻin va takroriy bahs-munozaralar mavzusi boʻlib kelgan. Taniqli tabiatshunoslar va olimlar ilmiy bilimlarni ishlab chiqishda turli yondashuvlardan foydalanishning ustuvorligi borasida bahs olib borgan.
Tarixda empirizm va ilmiy metodning turli xildagi dastlabki koʻrinishlarini mavjud. Jumladan, qadimgi stoiklar, EpikurElizabeth Asmis (1985) Epicurus' Scientific Method. Cornell University Press, Ibn al-Haysam, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Rodjer Bekon va William Ockham asarlarida ularning bir qancha namunalari oʻz aksini topgan.
XVI va XVII asrlarda Francis Bacon va Robert Hooke tomonidan empirizmning targʻib qilinishi, shuningdek, René Descartes tomonidan tasvirlangan ratsionalistik yondashuv, Isaac Newton va uning izdoshlari tomonidan alohida eʼtibor qaratilgan induktivizm ilmiy inqilob davrida eng muhim kashfiyotlardan biriga aylangan. Eksperimentlar oʻtkazish Francis Bacon tomonidan ilgari surilgan boʻlib, Giambattista della Porta, Johannes Kepler va Galileo Galilei tomonidan amalga oshirilgan. Shuningdek, skeptik Francisco Sanches, idealist va empiristlar John Locke, George Berkeley hamda David Hume tomonidan olib borilgan nazariy ishlar ilm-fan rivojiga alohida hissa qoʻshgan. XX asrda Charles Sanders Peirce gipotetik-deduktiv modelni shakllantirgan boʻlib, ushbu model oʻsha davrdan buyon sezilarli darajada qayta koʻrib chiqilgan.
„Ilmiy metod“ atamasi XIX asrda ilm-fanning sezilarli darajada institutsional rivojlanishi natijasida paydo boʻlgan. Shu bilan birga, fan va fan boʻlmagan sohalar oʻrtasida ham aniq chegaralarni oʻrnatib beruvchi bir qancha atamalar, jumladan „olim“ va „soxta fan“ kabi atamalar olib kirilgan. 1830 va 1850-yillarda, bakonizm mashhur boʻlgan davrda, William Whewell, John Herschel va John Stuart Mill kabi tabiatshunos olimlar „induksiya“ va „faktlar“ boʻyicha bir qancha munozaralarda ishtirok etdi va qanday qilib bilim hosil qilishga oʻz eʼtiborlarini qaratdi. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida kuchli ilmiy nazariyalar ular kuzatiladigan sohalardan tashqariga chiqqanligi sababli realizm va antirealizm toʻgʻrisida bir qancha bahs va munozaralar olib borildi.
Bugungi kunda foydalanilishi va tanqidiy fikrlar „Ilmiy metod“ atamasi XX asrda keng qoʻllanila boshlagan. 1960 va 1970-yillarga kelib, Thomas Kuhn va Paul Feyerabend kabi koʻplab mashhur faylasuflar „ilmiy metod“ning universalligini shubha ostiga olgan. Natijada, ilm-fanga yagona va universal metod emas, balki xilma-xil va mahalliy amaliyotlar majmuasi sifatida qaraladigan boʻldi. Bundan tashqari, Paul Feyerabend oʻzining „Against Method“ () kitobining 1975-yilgi birinchi nashrida ilm-fan uchun universal qoidalar mavjudligini rad etdi. Biroq Karl Popper va Gauchlar: „The scientific method 'is often misrepresented as a fixed sequence of steps,' rather than being seen for what it truly is, 'a highly variable and creative process' (AAAS 2000:18). The claim here is that science has general principles that must be mastered to increase productivity and enhance perspective, not that these principles provide a simple and automated sequence of steps to follow.“, Feyerabendning bu daʼvolarini qoʻllab-quvvatlamaydi.
Fizik Lee Smolinning 2013-yilda yozilgan „There Is No Scientific Method“ () maqolasida ikki axloqiy tamoyillar qoʻllab-quvvatlanadi. Shuningdek, ilm-fan tarixchisi Daniel Thurs oʻzining 2015-yilda nashr etilgan „Newtonʼs Apple and Other Myths about Science“ (Newton olmasi va fan toʻgʻrisidagi boshqa afsonalar) kitobi boblaridan birida ilmiy metod afsona yoki ideallashtirishning eng yaxshi namunasi degan xulosaga kelingan. Faylasuflar Robert Nola va Howard Sankey oʻzlarining 2007-yilda chop etilgan „Theories of Scientific Method“ (Ilmiy metod nazariyalari) kitobida ilmiy metod borasida bahs-munozaralar haligacha davom etayotganini aytib oʻtgan. Shuningdek, ular Feyerabend oʻz asari nomini „Against Method“ deb nomlaganiga qaramay, u metodning baʼzi qoidalarini qabul qilganini hamda ushbu qoidalarni meta metodologiya orqali asoslashga harakat qilganini taʼkidlagan. Staddon (2017) algoritmik ilmiy usul mavjud boʻlmaganda qoidalarga rioya qilishga urinishning xato ekanligini aytgan. Shuningdek, bunday hollarda „fan eng yaxshi misollar orqali tushuniladi“, degan fikrni ham ilgari surgan. Biroq tajriba orqali mavjud nazariyalarni rad etish kabi algoritmik metodlar Ibn al-Haysamning „Book of Optics“ (Optika kitobi), Galileoning „Two New Sciences“ (Ikki yangi fan) hamda „The Assayer“ (Tahlilchi) asarlari yaratilganidan buyon ulardan keng foydalanib kelinmoqda va ular hanuzgacha ilmiy metodning asosiy qismi boʻlib qolmoqda"Philosophy [i.e., physics] is written in this grand book — I mean the universe — which stands continually open to our gaze, but it cannot be understood unless one first learns to comprehend the language and interpret the characters in which it is written. It is written in the language of mathematics, and its characters are triangles, circles, and other geometrical figures, without which it is humanly impossible to understand a single word of it; without these, one is wandering around in a dark labyrinth." — Galileo Galilei, Il Saggiatore (The Assayer, 1623), as translated by Stillman Drake (1957), Discoveries and Opinions of Galileo pp. 237–238, as quoted by ..
Tekshiruv elementlari
Umumiy tavsifi thumb|Ilmiy metod koʻpincha davomiy jarayon sifatida tasvirlanadi. Ushbu diagramma metodning faqatgina bir koʻrinishini ifodalab bergan, shuningdek, ilmiy metodning yana boshqa bir qancha koʻrinishlari mavjud. Ilmiy metod — bu fanni amalga oshirish jarayonidir: „The thesis of this book, as outlined in Chapter One, is that there are general principles applicable to all the sciences.“. Boshqa tadqiqot sohalarida boʻlgani kabi, fan (ilmiy metod orqali) ham avval olingan bilimlarga tayanishi va ularni vaqt oʻtishi bilan oʻrganilayotgan mavzular boʻyicha olingan tushunchalar bilan birlashtirishi mumkin. Ushbu model ilmiy inqilobning asosi ekanligini koʻrish mumkin: "There is a danger that must be avoided. … If we wish to do justice to the historical enterprise, we must take the past for what it was. And that means we must resist the temptation to scour the past for examples or precursors of modern science. …My concern will be with the beginnings of scientific theories, the methods by which they were formulated, and the uses to which they were put; … ".
Umumiy jarayon farazlar (gipotezalar) yaratish, ularning mantiqiy oqibatlarini oldindan aytish va asl farazning toʻgʻri ekanligini aniqlash uchun ushbu taxminlarga asoslangan tajribalarni amalga oshirishni oʻz ichiga oladi with added notes. Reprinted with previously unpublished part, Collected Papers v. 6, paragraphs 452–85, The Essential Peirce v. 2, pp. 434–450, and elsewhere. N. B. 435.30 'living institutionʼ: Hibbert J. mis-transcribed 'living institutionʼ: („constitution“ for „institution“). Biroq metodni aniq bir formula shaklida ifoda etishda qiyin. Ilmiy metod koʻpincha qatʼiy ketma-ketlikdagi qadamlar sifatida talqin etilgan boʻlsa-da, bu harakatlar aslida umumiy tamoyillar hisoblanadi. Har bir ilmiy tadqiqotda ham barcha bosqichlar bajarilmasligi (yoki bir xil darajada amalga oshmasligi) va ular doim ham bir xil tartibda kelmasligi mumkin.
Ilmiy tadqiqot omillari Ilmiy tadqiqot ilm-fanni rivojlantirishning bir shakli boʻlib, voqea va jarayonlarni oʻrganishni, ularga turli omillarning taʼsirini tahlil qilishni, fan hamda amaliyot uchun foydali va isbotlangan samarali yechimlarni taklif etadi. Har qanday ilmiy tadqiqot faoliyati metodologiya, yaʼni metodlar majmuiga asoslanadi. Maqsadiga qarab, ilmiy tadqiqotlar nazariy hamda amaliy tadqiqotlarga boʻlinadi. Nazariy tadqiqotlar yangi tamoyillar yaratishga, amaliy tadqiqotlar esa yangi metodlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.