Nilton Mendes klubi – Qozogʻistonning oliy dvizionida ishtirok etgan jamoalari tarkibida faoliyati davomida 50 va undan ortiq gol urgan chet ellik futbolchilarning ramziy klubi hisoblanadi. Klub nomi Pavlodarning „Irtish“ jamoasi va Qozogʻistonning boshqa jamoalari tarkibida ham oʻynagan, chet ellik futbolchilar orasida birinchi boʻlib yuzta gol urgan braziliyalik futbolchi Nilton Mendes sharafiga qoʻyilgan. Nilton Mendes oʻz gollarining koʻp qismini Pavlodarning „Irtish“ jamoasi tarkibida (58 ta gol) kiritgan. Nilton yuzinchi golini 2006-yil 3-iyun kuni, Qozogʻiston chempionatining toʻqqizinchi turi doirasida Qaragʻandining „Shaxtyor“ va „Atirau“ jamoalari oʻrtasidagi uy oʻyinida urgan. Oʻsha kuni uchrashuvning 86-daqiqasida Mendes „Atirau“ darvozasiga kiritgan uchinchi toʻp uning yubiley goli boʻlgan va konchilar 3:1 hisobida ishonchli gʻalabaga erishganlar.
Qozogʻiston jamoalarida oʻynagan legioner toʻpurarlari klubi 2017-yil 26-oktyabrda sport jurnalisti Viktor Xoxlyuk tomonidan taʼsis etilgan va qozogʻistonlik futbol klublari tarkibida legionerlar orasida birinchi boʻlib 100 ta gol urgan braziliyalik hujumchi Nilton Mendes sharafiga nomlangan.
Qoidalar
1. Quyidagi futbolchilar Klubga aʼzo boʻlish huquqiga ega: 1.1 Oʻz faoliyati davomida Qozogʻiston futbol jamoalari safida, Qozogʻiston oliy dvizionida ishtirok etgan klublar darajasida kamida 50 ta gol urgan futbolchilar.
1.2 Boshqa davlat fuqaroligiga ega boʻlgan shaxslar.
2. Futbolchilar, klub aʼzolari uchun quyidagi musobaqalarda urilgan gollar hisobga olinadi: 2.1 Qozogʻiston Chempionati (Premyer-liga/Superliga/Oliy liga), Qozogʻiston kubogi va Superkubogi.
2.2 UEFA Chempionlar Ligasi (ilgari Chempionlar kubogi deb nomlangan), OFK Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi (UEFA kubogi) va Kubok egalari kubogi, OFK kubogi, UEFA Superkubogi, Intertoto kubogi, Qitʼalararo kubok hamda Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati.
3. Legioner toʻpurarlar klubining maqsadi: 3.1 Qozogʻiston futboli tarixi uchun oʻtgan asr qozoq klublari legionerlari (boshqa davlatlar futboli tarbiyalanuvchilari) va hozirgi avlodning eng yaxshi toʻpurarlarini xotirada saqlab qolish.
4. Legioner toʻpurarlar klubining nomi: 4.1 Legioner futbolchilar oʻrtasidagi Qozogʻiston jamoalari tarkibida rasmiy turnirlarda ishtirok etib, birinchi boʻlib 100 ta gol urgan braziliyalik futbolchi Nilton Mendes sharafiga.
Klub aʼzolari 2023-yil 7-avgust xolatiga toʻgʻri maʼlumotlar
№FuqaroligiIsmLigaKubokXalqaroJami1Ulugʻbek Baqoyev1111021232Marin TomasovAleksandr Lyaxov: „Marin Tomasov – № 13“ 82719108Statistika Tomasova na sayte „Transfermarkt.com“3Gerard Gohou888111074Nilton MendesTimur Kamashev: „Kazaxstan skorbit o Mendese“ 7913101025João PauloStatistika igroka na sayte „Transfermarkt.com“7460806Jaʼfar Irismetov62131767Redjepmurad Agabaev60121738Patrick TwumasiViktor Xoxlyuk: Klub Niltona Mendesa: „75 golov Tomasova, 40 ot Diakate i perspektivniy Barsegyan“ 48615699Sergey Strukov531126610Igor Zenkovich521026411Konstantin Golovskoy52926312Vitaliy KitsakViktor Xoxlyuk: „Ukraines Kitsak, belorus Zenkovich, moldavanin Bugayov“ 48725713Igor Bugayov411115314Didarklich Urazov428050
№ Nomzodlar Jami Liga Kubok Xalqaro1 Aderinsola Eseola4540052-3 Junior Kabananga4231562-3 Abdoulaye DiakateViktor Xoxlyuk: „Klub Niltona Mendesa: Diakate na podxode“ 4239214-5 Malick Mané3937024-5 Đorđe Despotović3930546 Dušan Savić3534107 Aleksandr Geynrix332823
Adabiyotlar Viktor Xoxlyuk: „Nashi futbolniye legendi. Goleadori bivshego SSSR v futbolnix bitvax zarubejya“. – Moskva. – 2018. – str. 217—218. – ISBN 978-5-604-10716-4.
Manbalar
Havolalar „Nilton Mendes klubi“ Qozogʻiston futboli saytida Viktor Xoxlyuk: „Nilton Mendes bombardimonchilar klubi bilan tanishing!“ Turkmaniston futbol federatsiyasi saytida: „Rajabmurod Ogʻaboyev. Unutilmas turkman futbolchisi“ Viktor Xoxlyuk: „Nilton Mendes klubi – Butun bombardimonchilar tarkibi“ "Nilton Mendes klubi: Oʻzbekiston toʻpurarlari peshqadamlik qilmoqda!" Konstantin Krinskiy: "Qozogʻiston – ajoyib: u yerda Arshavin va Titov oʻynagan
Turkum:Qozogʻistonda futbol Turkum:Futbolchilar roʻyxati Turkum:Futbolchilarning ramziy klublari