2008-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finali – 2008-yil 21-may kuni Rossiyaning Moskva shahridagi Lujniki stadionida 2007—2008-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibini aniqlash uchun boʻlib oʻtgan futbol oʻyini. Musobaqaning final oʻyinida Manchester United va Chelsea ishtirok etdi va tarixdagi ilk inglizcha final maqomini oldi. Bir mamlakatning ikki klubi finalda toʻqnash kelgan holat 3-marotaba takrorlandi. Bungacha 2000 va 2003-yillarda shunday holat yuz bergan edi. Bu Rossiyada oʻtkazilgan birinchi Yevropa kubogi finali va shuning uchun turnir tarixidagi eng sharqiy final sifatida tarixga kirdi. Bu Manchester Yunaytedning 1968 va 1999-yillardan keyin uchinchi Yevropa kubogi finali, Chelsea ning esa birinchi finali edi.
Qoʻshimcha boʻlimlardagi 1:1 hisobidagi durangdan soʻng Manchester Yunayted penaltilar seriyasida 6:5 hisobida gʻalaba qozondi. 26-daqiqada Wes Brown tomonida uzatilgan uzatmani Cristiano Ronaldo darvozaga yoʻllab hisobni ochadi. 45-daqiqada esa Frank Lampard hisobni 1-1 koʻrinishiga olib keladi. Ikkinchi boʻkim va qoʻshimcha vaqtning katta qismida hech nima sodir boʻlmaydi. Faqatgina qoʻshimcha vaqt tugashiga 4 daqiqa qolganda Didier Drogba Nemanja Vidićga nisbatan juda ham jiddiy qoʻpollik ishlatgani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Penaltilar seriyasida Ronaldu Manchester United ning uchinchi zarbasini golga aylantira olmaydi va John Terryga Chelsea uchun chempionlikni qoʻlga kiritish imkoniyatini berdi, angliyalik futbolchi yomgʻir tufayli sirpanib toʻpni darvozaga anniq yoʻllay olmaydi. Edwin van der Sar Nicolas Anelka tomonidan tepilgan penaltini qaytargan holda oʻz jamoasini 3-marotaba UEFA Chempionlar ligasi chepioniga aylantiradi.
Stadiondan turib mazkur oʻyinni 67,000 ga yaqin muxlis tomosha qilgan. Buyuk britaniya va Irlandiyada 17.5 milliondan ortiq inson televizordan oʻyinni kuzatib borgan. Musobaqaning boshida olingan mukofot pullaridan tashqari, Manchester United finalda gʻalaba qozongani uchun 7 million yevro, Chelsea esa 4 million yevro ishlab olishgan. Chempion sifatida Manchester United UEFA Superkubogi doirasida UEFA Yevropa ligasi gʻolibi Zenit bilan toʻqnash kelgan. Oʻyinda inglizlar 2-1 hisobida magʻlubiyatga uchrashadi. Klublar oʻrtasida Jahon chempionatida Copa Libertadores gʻolibi L.D.U. Quito ustidan 1-0 hisobida gʻalaba qoznadi va turnir chempioniga aylanadi.
Tarix Manchester United va Chelsi Chempionlar ligasi finaligacha bir-biri bilan 150 marta uchrashgan boʻlib, shulardan 18 tasi ichki kubok (Angliya kubogi, Angliya futbol ligasi Kubogi va Angliya superkubogi) musobaqalarida boʻlgan edi. Bir mamlakatning Yevropa musobaqalarida ishtirok etadigan jamoalari soniga oid turli tarixiy cheklovlar tufayli ular ilgari hech qachon Yevropada uchrashmagan. Manchester Yunayted tarixda 65 marotaba Chelsidan ustun kelgan. Chelsi esa 41 ta uchrashuvda MAnchesterliklar ustidan gʻalaba qozongan. 44 uchrashuv durrang natijasi bilan tugagan. Ular finallarda ham toʻqnash kelishgan, „Manchester Yunayted“ 1994-yilgi Angliya kubogi finalida 4:0, Chelsi esa 2007-yilgi Angliya kubogi finalida 1:0 hisobida gʻalaba qozongan va bu ikki tomon oʻrtasidagi soʻnggi kubok oʻyini edi.. „Manchester Yunayted“ 2007-yilgi Angliya kubogi finalida magʻlubiyatga javoban keyingi avgust oyida 2007-yilgi Angliya superkubogida „Chelsi“ni magʻlub etadi, asosiy va qoʻshimcha boʻlimlar durrang hisobida tugaydi, penaltilar seriyasida esa Mancheter Yunaytied gʻalaba qozonadi. 2007—2008-yilgi Premyer Liga mavsumida Manchester Yunayted 17-chempionligini nishonlaydi. Soʻngi turdan soʻng qizil iblislar Chelsidan 2 ochko oldinlab ketadi. 38-turgacha Chelsi va Manchester Yunayted bir hil ochko jamgʻaradi, faqatgina toʻplar nisbatidagi ustunlik Manchesterni birinchi pogʻonada saqlab turar edi. Ohirgi turda Yunaytedning Wiganga qarshi 2-0 hisobidagi gʻalabasi Chelsining oʻyinini ahamiyatsiz qildi.
Finalgacha yoʻl Manchester UnitedRaund ChelseaRaqibNatijaGuruh bosqichiRaqibNatija Sporting CP1–0 (m)1-tur Rosenborg BK1–1 (u) Roma1–0 (u)2-tur Valencia2–1 (m) Dinamo Kiyev4–2 (m)3-tur Schalke 042–0 (u) Dinamo Kiyev4–0 (u)4-tur Schalke 040–0 (m) Sporting CP2–1 (u)5-tur Rosenborg BK4–0 (m) Roma1–1 (m)6-tur Valencia0–0 (u)"F" guruhi gʻolibiYakuniy natija"B" guruhi gʻolibiRaqibUmumiy hisob1-oʻyin2-oʻyinPley-offRaqibUmumiy hisob1-oʻyin2-oʻyin Lyon2–11–1 (m)1–0 (u)Nimchorak final Olympiacos3–00–0 (m)3–0 (u) Roma3–02–0 (m)1–0 (u)Chorak final Fenerbahche3–21–2 (m)2–0 (u) Barcelona1–00–0 (m)1–0 (u)Yarim final Liverpool4–31–1 (m)3–2 (u)
Manchetser United
„Manchester Yunayted“ Italiyaning Roma, Portugaliyaning Sporting CP va Ukrainaning Dinamo Kiyev jamoalari bilan birga „F“ guruhidan joy olgan edi. Birinchi turda United Lissabonga yoʻl oldi va u yerda Krishtianu Ronalduning goli inglizlarga „Sporting“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba keltirdi. Keyingi turda jamoa xuddi shu hisobda „Roma“ ustidan gʻalaba qozondi, keyin esa Kiyevning „Dinamo“siga qarshi ikkita gʻalabali oʻyinda „Manchester United“ jami sakkizta gol urdi (Kiyevda 4:2 va „Old Trafford“da 4:0)). Beshinchi turda oʻz uyida „Sporting“ni magʻlub etib (2:1), „United“ guruhda birinchi oʻrinni oʻzi uchun kafolatladi. Guruh bosqichining soʻnggi turida jamoa Rimga yoʻl oldi, u yerda pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan „Manchester“ va „Roma“ oʻyinni 1:1 hisobida durang bilan yakunlashdi, „United“ safida golni Gerard Piqué kiritdi. Natijada, „Manchester United“ 16 ochko toʻpladi, bu 2007—2008-yilgi mavsumdagi barcha guruh gʻoliblari orasida eng yaxshi natijadir.
Nimchorak finalda „United“ Fransiyaning Lyon jamoasi bilan toʻqnash keladi. Mehmonda oʻynalgan birinchi oʻyin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. „Old Trafford“da boʻlib oʻtgan javob oʻyinida „Qizil iblislar“ 1:0 hisobida gʻalaba qozondi, yagona golni Krishtianu Ronaldu kiritdi. Chorak finalda „Yunayted“ yana guruh bosqichidagi raqibi, Italiyaning „Roma“ jamoasi bilan uchrashdi. Jamoalar Rimda oʻtkazgan birinchi oʻyin Manchesterning Krishtianu Ronaldu va Wayne Rooney ning gollaridan keyin 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi oʻyin Manchesterning „Old Trafford“ stadionida boʻlib oʻtdi va mezbonlar minimal hisobda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Ushbu uchrashuvda „United“ Chempionlar ligasida ketma-ket 11-marta oʻz uyida gʻalaba qozonib, klub rekordini oʻrnatdi.
Yarim finalda Untied FC Barcelonaga qarshi toʻqnash keldi. Jamoalar 1998—1999-yilgi mavsumning guruh bosqichidan keyin ushbu turnirda uchrashmagan edi. Jamoalarning birinchi yarim final jangi Camp Nouda boʻlib oʻtdi va durang bilan yakunlandi. Old Trafforddagi ikkinchi oʻyinda „United“ 14-daqiqada Paul Scholesning goli evaziga 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Final yoʻlida Manchester United 19 ta gol urdi, shundan 7 tasi Ronalduga tegishli. 12 ta oʻyindan toʻqqiztasida „United“ gʻalaba qozondi, uchtasida durang oʻynadi va shu tariqa butun yoʻlni magʻlubiyatsiz oʻtkazdi.
Chelsi Chelsi Germaniyaning Shalke-04, Norvegiyaning Rusenborg va Ispaniyaning Valensiya klublarini oʻz ichiga olgan „B“ guruhidan joy olgan edi. 3 ta gʻalaba va 3 ta durang qayd etilgan oltita oʻyindan soʻng Chelsi 12 ochko bilan pley-off bosqichida guruhda birinchi oʻrin bilan chiqdi.
Nimchorak final bosqichida Chelsiga Gretsiyaning Olimpiakos jamoasi qarshi chiqdi. Afinadagi birinchi oʻyin nursiz durang bilan yakunlandi. Ikkinchi oʻyin Michael Ballack, Frank Lampard va Salomon Kalouning gollari evaziga londonliklarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Chorak finalda Chelsiga Turkiyaning Fenerbaxche jamoasi raqiblik qildi. Birinchi oʻyin Istanbuldagi Şükrü Saracoğlu stadionida boʻlib oʻtdi va mezbonlar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Chelsi Stamford Bridgedagi javob uchrashuvida 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Ikki oʻyin yakuniga koʻra 3:2 hisobida ustunlikka erishgan Angliya jamoasi yarim finalga yoʻl oldi.
Londonliklarning navbatdagi raqibi Liverpool klubi boʻldi. Bu jamoalar Chempionlar ligasida ketma-ket toʻrtinchi marta toʻqnash kelishdi. Birinchi oʻyin Liverpuldagi Anfield stadionida boʻlib oʻtdi, u yerda mezbonlar 95-daqiqadagi Koytning goli evaziga oldinga chiqib olishadi.. Biroq qoʻshimcha vaqtning soʻnggi daqiqasida Chelsining chap qanotdan Solomon Kaluning jarima toʻpini uzatganidan soʻng norvegiyalik John Arne Riise oʻz darvozasiga toʻp kiritadi. Javob oʻyini xuddi shu hisob bilan yakunlandi va jang taqdiri qoʻshimcha vaqtda hal qilindi, qoʻshimcha boʻlimlardagi Didier Drogba va Frank Lampardning gollari Chelsini Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi.
Oʻyinni tashkiliy qismi
Stadion Lujniki stadioni 2006-yil 4-oktabrda Lyublyanada boʻlib oʻtgan UEFA yigʻilishida oʻyin joyi sifatida tanlangan. Ushbu yigʻilishda UEFA 2008 va 2009-yillardagi Yevropa klub turnirlari finallari oʻtkaziladigan arenalarni tanladi. Chempionlar ligasi va UEFA kubogi finallari uchun maydonlarni tanlash sigʻimi, xavfsizligi, kirish qulayligi, transport infratuzilmasi, muxlislar uchun sharoitlar va tijorat salohiyati kabi mezonlar asosida tanlandi. Moskva arenasi yopiq ovoz berish orqali Londonning Wembley, Berlin, Sevilya va Rimdagi Olimpiya stadionlarini ortda qoldirdi.
Ilgari Chempionlar ligasi finali hech qachon Rossiyada oʻtkazilmagan, bu oʻyin turnir tarixidagi eng sharqiy final boʻlishini anglatardi, ammo ilgari Lujniki stadioni 1999-yilgi UEFA kubogi finaliga mezbonlik qilgan, unda Italiyaning Parma jamoasi Fransiyaning Marsel jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etgan.
V. I. Lenin nomidagi Markaziy sport majmuasi tarkibidagi katta sport arenasi boʻlgan stadionni loyihalashtirish 1955-yil yanvar oyida, qurilishi esa oʻsha yilning aprel oyida boshlangan. Dastlab, stadion butun sport majmuasi bilan birga Lenin nomi bilan atalgan. Majmuaning tantanali ochilishi 1956-yil 31-iyulda boʻlib oʻtdi. 1973-yilda stadion yettinchi yozgi Universiadaning asosiy oʻtkazilish joyi boʻlgan, 1980-yilda esa stadion Yozgi Olimpiada oʻyinlarining eng muhim maydonlaridan biriga aylanadi. Bu vaqtga kelib stadiondagi tomoshabin oʻrinlari soni 103 mingga yetgan edi, ammo 1990-yillarning oʻrtalarida uning rekonstruksiyasi sigʻimni 85 ming kishiga qisqarishiga olib keldi. 1998-yilda stadion UEFA tomonidan Yevropaning 5 yulduzli futbol stadionlari roʻyxatiga kiritilgan (2006-yildan beri 4 toifali tizimdan foydalanilmoqda). 2002-yilning yozida stadionga Kanadaning FieldTurf kompaniyasining toʻrtinchi avlod sunʼiy maysazor yotqizildi. 2008-yil may oyida UEFA talabiga koʻra, sunʼiy qoplama ustiga haqiqiy chim yotqizildi, u oʻyin kuniga kelib, garchi „yomon gilam“ ni eslatsa-da, baribir uning ostidagi sintetik chimdan sifat jihatidan ustun edi. Stadionda nogironlar va VIP sektorlari jihozlandi, matbuot markazi qayta qurildi, ikkita video-monitor yangilandi, stadionning barcha kirish joylariga turniketlar oʻrnatildi.
1997-yildan beri marketing doirasida Chempionlar ligasining har bir finali doimiy ravishda oʻziga xos logotip va dizayn konsepsiyasini oladi. 2007-yil 31-oktabrda UEFA Lujnikov katta sport maydonida yangi dizaynni taqdim etdi, yangi ramzni sobiq rossiyalik darvozabon Rinat Dasayev ochib berdi. Ramz bir necha oy davomida ishlab chiqilgan, u Rossiya poytaxtining madaniy merosi va tarixini aks ettirishi kerak edi. Chempionlar ligasi finalidan 45 kun oldin 2007-yilda gʻalaba qozongan Milan klubidan UEFAga, UEFAdan esa Moskva meri Yuriy Lujkovga Chempionlar ligasi kubogini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvdan bir necha kun oldin Chempionlar ligasi kubogi Rossiyaning bir nechta shaharlariga – Qozon, Yekaterinburg, Ramensk, Sankt-Peterburg va Samaraga tashrif buyurdi, u yerda kubokni barcha xohlovchilar koʻrishi va suratga tushishi mumkin edi. Kubok, shuningdek, futbol bilan bogʻliq joylarda va baʼzi futbol oʻyinlarida boʻlgan.
Chiptalar