Shokir Xoliqov (1992-yil 30-noyabr Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumani) – Kinorejissyor va ssenarist.
Faoliyati Shokir Xoliqov 1992-yil 30-noyabr Surxondaryo viloyating Shoʻrchi tumanida tugʻilgan. Shokir Xoliqov Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida „Televideniye va radio rejissyorligi“ boʻyicha tahsil olgan. Shokir Xoliqov 2019-yilda 72-xalqaro Kann festivali doirasida „Choy“ nomli qisqa metrajli filmi Gran-prisini qoʻlga kiritgan. Xoliqovning debyut „Yakshanba“ badiiy filmi Xitoyning Shanxay shahrida boʻlib oʻtgan 25-Shanxay xalqaro kinofestivali doirasidagi „Osiyoning yangi isteʼdodlari“ yoʻnalishining eng oliy mukofoti – „Oltin kubok“ka sazovor boʻldi. Yosh rejissyor shu paytgacha Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Rossiya, Makedoniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda boʻlib oʻtgan qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarida gʻolib boʻlgan. Shokir Xoliqovning „Qiz va bulut“ animatsion filmi Yaponiyada oʻtkazilgan „DigiCon6 Asia“ animatsion filmlar festivalida ikkita mukofotni qoʻlga kiritgan. Film „Mintaqaning oltin filmi“ va „Festivalning oltin filmi“ nominatsiyalarida gʻolib deb topilib, 3 ming AQSh dollari mukofoti bilan taqdirlangan. 2026-yil 28-mayda Shuhrat medali bilan taqdirlangan.
Filmlari
„Messi“
„Choy“
„Ifor“
„Ichan qal’a“
„Qiz va Bulut“ (animatsiya)
„Yakshanba“ (debyut)
Manbalar
Turkum:O‘zbekiston kinorejissyorlari Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar Turkum:Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari