Saʼlaba ibn Salama al-Amiliy () – Jund al-Urdunn, Magʻrib va Pireney yarim oroli harbiy qoʻmondoni. 742-yilning avgustidan 743-yilning mayigacha Al-Andalus hokimi boʻlib xizmat qilgan.

Saʼlaba ibn Salama koʻpchilik andalusiyalik arablar kabi Yamaniy guruhiga mansub Banu Amila qabilasidan boʻlgan.

Saʼlaba ibn Salama 741-yilda Magʻribda Berberlar qoʻzgʻolonini bostirish uchun Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy va uning jiyani Balj ibn Bishr al-Qushayriy boshchiligidagi „Suriya“ ekspeditsiya bilan Shimoliy Afrikaga yoʻl olgan. Suriya armiyasi magʻlubiyatga uchragan va Kulsum 741-yilning oktyabr oyida Baqdura jangida berber isyonchilari tomonidan oʻldirilgan. Balj ibn Bishr omon qolgan 10 000 nafar askarlarni Seutaga olib ketgan. Al-Andalus hokimi Abdulmalik ibn Qatan al-Fihriy bilan uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng Suriya qoʻshinlari 742-yil boshida Al-Andalusga olib ketilgan[ iqtibos kerak ].

Manbalar

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Al-Andalusdagi Umaviylar hokimlari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari