Abu Said al-Muhallab ibn Abu Sufra al-Azdiy () (taxminan 632-yilda tugʻilgan702-yilda vafot etgan) – Azd qabilasidan boʻlgan arab sarkardasi. 640-yillarning oʻrtalaridan to vafotiga qadar Roshidun, Umaviy va Zubayriy xalifalari qoʻl ostida janglarda qatnashgan. Ketma-ket Pars (685–686), Mosul, Armaniston va Ozarbayjon (687–688) va Xuroson (698–702) viloyatlarida hokimlik qilgan. Muhallabiylar nomi bilan mashhur boʻlgan al-Muhallabning avlodlari oʻta nufuzli oilalardan biri boʻlib, ushbu oilaning koʻp aʼzolari Umaviy va Abbosiy xalifalari davrida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan, shuningdek, oʻsha davrning taniqli olimlari boʻlishgan.
Hayoti Al-Muhallab taxminan 632-yilda tugʻilgan. Aksar manbalarga koʻra, uning otasi Abu Sufra Azd qabilasidan boʻlgan. IX asr tarixchisi Balozuriy uning nufuzli oilalardan biriga mansub ekanini taʼkidlagan. Biroq IX asr tarixchisi Abu Ubaydaning soʻzlariga koʻra, Abu Sufra forslik toʻquvchi boʻlib, Ummonga koʻchib oʻtgan va Basraga joylashgan. Ushbu manbaga koʻra, u janglarda koʻrsatgan jasorati tufayli Azd qabilasi tomonidan shu qabila aʼzosi sifatida qabul qilingan. Azd qabilasi Ummonda Islomdan oldingi davrlardan buyon hukmronlik qilgan va shu sababli Azd Ummon deb atalgan. Qabilaning bunday nomlanishiga sabab ularni gʻarbiy Arabistonda joylashgan Azd Sarat qabilasidan ajratib turish boʻlgan.
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Xurosondagi Umaviylar hokimlari Turkum:702-yilda vafot etganlar Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari Turkum:Ikkinchi fitnada ishtirok etgan kishilar