Said ibn Amr al-Haroshiy () – atoqli arab sarkardasi, Umaviylar xalifaligi davrida viloyat hokim boʻlib xizmat qilgan, arab–xazar urushlarida muhim rol oʻynagan.
Hayoti Said ibn Amr al-Haroshiy Suriyaning Qinnasrin shahrida yashovchi qaysiylardan ediCrone (1980), p. 144Blankinship (1994), p. 150. 720-yilda Umaviy shahzoda va general Maslama ibn Abdulmalik qoʻl ostida Yazid ibn al-Muhallab tomonidan uyushtirilgan qoʻzgʻolonini bostirish uchun Iroqqa yuborilgan. Iroqqa yangi hokimi etib tayinlangan Umar ibn Hubayra Saidni Basraga, koʻp oʻtmay (722–723-yillarda) Xurosonga hokim etib tayinlagan.
Oilasi Saidning oʻgʻillari Umaviy hamda Abbosiy xalifalar qoʻl ostida harbiy rahbar va hokim sifatida xizmat qilgan. Ulardan Yazid ismli oʻgʻli Ifriqiyada oʻldirilgan, Nadr xalifa Marvon II hukmronligi davrida Iroq hokimi, Anbasa 785/786-yillarda Qinnasrin qoʻshinlari qoʻmondoni, Yahyo 779/780-yillarda Misr hokimi lavozimida ishlaganCrone (1980), pp. 144–145.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Xurosondagi Umaviylar hokimlari Turkum:Armanistondagi Umaviylar hokimlari Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari