Abdulaziz Abdulloh ash-Sharbatli masjidi () – Saudiya Arabistonining Jidda shahri, al-Javhara mahallasida joylashgan islomiy (sunniy) jome masjid.

Masjid 2024-yil 6-martda ochilgan boʻlib, maydonni egallaydi. Bino Hijoziy meʼmorchiligini aks ettiruvchi 3D bosib chiqarish texnologiyasidan foydalangan holda qurilgan dunyodagi birinchi masjid hisoblanadi. U 2021-yilda vafot etgan saudiyalik tadbirkor Abdulaziz Abdulloh Abbos Sharbatlining bevasi Vajnat Abdulvohid tomonidan qurdirilgan.

Umumiy maʼlumot Abdulaziz Abdulloh Sharbatli masjidi 2024-yil 6-martda ochilgan. Bino 3D bosib chiqarish texnologiyasidan foydalangan holda qurilgan dunyodagi birinchi masjiddir. Ushbu texnologiyada ishlatiladigan toʻrtta printer Xitoyning Hangzhou GuanLi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bino Muhammad ibn Odam as-Suqayr tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, shahar va qishloq ishlari hamda uy-joy qurilish vazirligining investitsiya boʻlimi Milliy uy-joy kompaniyasi tomonidan boshqariladigan bir nechta loyihalar doirasida qurilgan.

Masjid Saudiya Arabistoni tadbirkori Abdulaziz Abdulloh Abbos Sharbatlining bevasi Vajnat Abdulvohidning tashabbusi bilan qurilgan. Vajnat Abdulvohid Fursan Real Estate kompaniyasining bosh direktori hisoblanib, ushbu kompaniya masjid qurilishida olti oy davom faoliyat olib borgan. Masjidning ochiq tashqi maydoni dizayni al-Masjid al-Haromdagi Kaʼbaga yaqin joylashgan Hijr Ismoil (Hatim)dan ilhomlanib yaratilgan.

Abdulaziz Abdulloh ash-Sharbatli masjidi Dubayda 2025-yilgacha qurilishi rejalashtirilgan dunyodagi birinchi 3D – bosib chiqarish texnologiyasi yordamida quriladigan masjiddan deyarli bir yil oldin qurib bitkazilgan.

Manbalar

Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi 21-asrda qurilgan masjidlar Turkum:Jiddadagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Saudiya Arabistonidagi gumbazli masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi minorali masjidlar