Banu Lom () – markaziy Arabiston va janubiy Iroqdagi arab qabilasi. Ular qadimgi Tayy arab qabilasidan kelib chiqqan deya daʼvo qilinadi. Qabila XV asrgacha gʻarbiy Najdda (Madina va al-Yamoma oʻrtasidagi hudud) hukmronlik qilgan va 3 ta asosiy badaviy (koʻchmanchi) guruhga boʻlingan. Ular Fuzul, al-Kasir va Al Mugʻira boʻlimlaridir. Banu Lom qabilasining koʻp urugʻlari Najdda oʻtroq aholi sifatida hayot kechirgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Arabistondagi qabilalar Turkum:Iroqdagi qabilalar Turkum:Erondagi etnik guruhlar