Ali ibn Abdulloh ibn al-Abbos ibn Abdulmuttalib () (taxminan 661—736-yillarda yashagan) – abbosiylar ajdodi. Abbos ibn Abdulmuttalibning nabirasi va abbosiylarning dastlabki ikki xalifalari as-Saffah va al-Mansurning bobosi edi.

Hayoti Ali Islom paygʻambari Muhammadning amakivachchasi Abdulloh ibn Abbos va Kinda qabilasining „toʻrt podshoh“ dan birining qizi Zura bintu Mishraning kenja oʻgʻli edi; .. Aytilishicha, Ali ibn Abdulloh Ali ibn Abu Tolib (vafoti 661) oʻldirilgan kechada tugʻilgan, ammo uning tugʻilgan yili haqida boshqa bahsli manbalar ham mavjud; ..

Voyaga ketgach, Ali al-Volid ibn Abdulmalik hukmronligi davrida Umaviylar hukumati bilan ziddiyatga bordi. Natijada al-Volid uni kaltaklashni va poytaxtdan badargʻa qilishni buyurdi. Shundan soʻng Ali Falastin va Arabiston oʻrtasidagi chegarada joylashgan al-Sharat viloyatiga koʻchib oʻtdi va Humayma qishlogʻida istiqomat qila boshladi. Bu joyni Abbosiylar oilasining yangi qarorgohiga aylantirdi. Ali 735—736-yillarda yoki keyingi yili Humaymada vafot etdi. Bu paytga kelib, oʻgʻli Muhammad allaqachon oila va Abbosiylar targʻiboti ishlariga rahbarlikni oʻz qoʻliga olgan edi; ; . Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:660-yillarda tugʻilganlar Turkum:736-yilda vafot etganlar Turkum:Banu Abbos Turkum:7-asr arab shaxslari Turkum:8-asr arab shaxslari