Abu Hamza al-Muxtor ibn Avf al-Azdiy as-Salimiy – Ibodiy qoʻzgʻoloni davrida Makka va Madina ustidan hokimiyatni qoʻlga kiritgan Ibodiy xorijiy isyonchi yetakchisi.

Hayoti Al-Muxtor Basralik boʻlib, at-Tabariy tarixiga koʻra Umaviylar xalifaligining muxolifi boʻlgan: „U har yili Makkaga borib, odamlarni [xalifa Marvon II] va Marvoniylarga qarshi chiqishga chaqirar edi“. U Abu Ubayda Muslim ibn Abu Karima boshchiligidagi Basradagi Ibodiy xorijiylar harakatining taniqli aʼzosi boʻlgan .Abu Ubayda uni qozi Abdulloh ibn Yahyo al-Kindiyning nufuzi oshib borayotgan Hadramavt viloyatiga yuborgan. Al-Muxtor va boshqa vakillarga Abdullohni Umaviylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishga undash vazifasi topshirilgan.

Abdulloh 746 yilda qoʻzgʻolon koʻtarib, Hadramavt va Yamanni tezda qoʻlga oldi. 747-yilning oʻrtalarida, haj safari paytida, Abdulloh 900-1000 kishini al-Muxtorga ishonib topshirdi va uni Islomning ikki muqaddas shahri hisonlanmish Makka va Madinani egallashga yubordi. Al-Muxtor 747-yilning avgustida Makkani jang qilmasdan egalladi. Lekin Madinaga mahalliy kuchlarga duch keldi va ularni 747-yil oktyabrida katta yoʻqotishlar bilan uni magʻlub etdi.

Ibodiylar qoʻzgʻolonining kengayishi Umaviylar xalifasi Marvon II ni xavotirga soldi. U 748-yil yanvarda oʻzining lashkarboshchisi Abdulmalik Atiyyani 4000 askar bilan qoʻzgʻolonni bostirish uchun yubordi. Umaviy lashkarboshchisi Madina yaqinida Abu Hamzani magʻlub etib oʻldirdi va Hijoz ustidan nazoratni qayta oʻrnatdi. Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:748-yilda vafot etganlar Turkum:Jangda halok boʻlganlar Turkum:Basraliklar