Mulla Hamza Gʻiloniy (milodiy 1721/1722, hijriy 1134-yilda vafot etgan) – eronlik Shia mazhabi faylasufi. Muhammad Sodiq Ardestoniyning shogirdlaridan biri edi.

Hayoti Mulla Hamza Gʻiloniy Gʻilon viloyatidan kelgan, ammo hayotining koʻp qismini Isfahonda o'tkazgan, shuning uchun u �M2�Isfahoniy�M3� deb ham atalgan. Gʻloniy qachon tugʻilganligi aniq emas, lekin Hazin Lahijiyning soʻzlariga koʻra, Mulla Hamza hijriy 1134-yilda vafot etgan. Asosiy manbalrda uning hayoti haqida kam maʼlumot mavjud.

Taʼlimi Mulla Hamza Ardestoniyning eng yaxshi shogirdlaridan biri edi. Biroq, u ustozining davridayoq ham Islom falsafasi boʻyicha yetuk bilimga ega edi. Ashtiyani uni falsafachilar orasida Mulla Sadraning falsafasini davom ettirishga va tanqidchilarga qarshi himoya qilishga harakat qilganlardan biri sifatida tan olgan. U Isfahon falsafa maktabining muhim faylasuflaridan biri hisoblangan.

Faoliyati Gʻiloniy Peripatetizm falsafasi va Mulla Sadra falsafasi boʻyicha bir qancha asarlar qoldirgan. Uning ayrim asarlari:

Hikamte Sadeqiyah A glosses on The Book of Healing A treatise on Tashkik A commentary on Tjrid al eteqad book.

Mulla Hamza Hikmate Sadeqiyah kitobini yozgan boʻlib, unda Ardestoniyning falsafiy taʼlimotlarini bayon qilgan.

Manbalar

Adabiyotlar Henry Corbin and Sayyed Jalāl-al-Din Āštiāni, eds., Anthologie des philosophes iraniens depuis le XVIIe siècle jusqu’à nos jours/Montaḵabāt-i az āṯār-e ḥokamāʾ-e elāhi-e Irān az ʿaṣr-e Mir Dāmād o Mir Fendereski tā zamān-e ḥāżer, 4 vols., Paris and Tehran, 1971–79.

Turkum:Islom faylasuflari Turkum:1721-yilda vafot etganlar