Konakri katta masjidi () Gvineyaning Konakri shahridagi masjid boʻlib, Konakri botanika bogʻining sharqida va Donka kasalxonasi yonida joylashgan.
Masjid qurilishi Saudiya Arabistoni qiroli Fahd ibn Abdulaziz as-Saud tomonidan moliyalashtirilgan. U 1982-yilda ochilgan. Bu Afrikadagi toʻrtinchi eng katta masjid va Sahroi Kabirdagi eng katta masjiddir. Masjidning yuqori qavatida ayollar uchun 2 500 ta, pastki qavatida esa erkaklar uchun 10 000 ta namoz oʻqish oʻrini mavjud. Masjidning keng hovlisida yana qoʻshimcha 12 500 nafar inson namoz oʻqishi mumkin. Masjidning bogʻida Kamayan maqbarasi joylashgan boʻlib, unda milliy qahramon Samori Ture, Sékou Touré va Alfa Yayaning qabrlari mavjud.
2003-yilda Saudiya Arabistoni Qirolligi tomonidan 20 milliard GNF miqdorida katta xayriya qilinganligiga qaramay, masjidga texnik xizmat koʻrsatish, oqar suv va elektr taʼminoti yetishmasligi singari muammolar mavjud. Manbalar
Turkum:Gvineyadagi masjidlar