Scott Paul Carson (, 1985-yil 3-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, APLning „Manchester Siti“ klubi darvozaboni.
2002-yilda „Lids Yunayted“ akademiyasiga qoʻshildi. 2004-yil fevral oyida „Manchester Yunayted“ klubiga qarshi „Lids“ safida toʻliq debyut qildi. 2005-yilning yanvarida 750 ming funt sterling evaziga „Liverpul“ klubiga oʻtdi. Oʻsha yilning oxirida Angliya terma jamoasiga chaqirildi. „Liverpul“ safida 9 ta oʻyinda maydonga tushdi, shu jumladan 2005-yilning aprelida UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalida „Liverpul“ „Yuventus“ ustidan gʻalaba qozongan. 2007-2008-yilgi mavsum oxirida „Aston Villa“ klubida ijarada oʻynadi. 2011-yilda Turkiyaning "Bursaspor" klubiga oʻtgan. Carson 2019-yilning avgust oyida Ederson va Claudio Bravo bilan birga Premyer-liganing oʻsha vaqtdagi chempioni – „Manchester Siti“ klubiga ijara asosida qoʻshildi. 2021-yilda „Manchester Siti“ bilan doimiy asosda shartnoma imzoladi.
Manbalar
Havolalar
Profil Manchester City F.C. saytida Profil Liverpool F.C. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari
Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar