Abu Muso Horun ibn Muhammad ibn Isʼhoq ibn Muso ibn Iso al-Hoshimiy (arabcha:هارون بن محمد بن إسحاق الهاشمي) – IX asr davlat amaldori. U Makka, Madina va Toif hokimi boʻlib xizmat qilgan va uzoq yillik musulmon haj ziyoratiga rahbarlik qilgan.

Faoliyati

Abbosiylar sulolasining kichik bir aʼzosi boʻlgan Horun Abbosiylarning dastlabki ikki xalifasi as-Saffoh va al-Mansurning jiyani Iso ibn Muso avlodidan boʻlgan; .. 878-yilda beshinchi amakivachchasi al-Mu’tamid (870–892 yillar hukmronligi) davrida Horun Makkaga haj rahbari etib tayinlangan. Keyingi oʻn yarim yil davomida u doimiy ravishda bu lavozimni egallab, 892 – 893-yilgacha barcha ziyoratlarni boshqargan and state that he led the pilgrimage for sixteen years between 878 and 893. claims that his last pilgrimage was in 892, while says that he was the leader of the hajj from 877 to 892.. Hoshimiyning Makkaga hokim etib tayinlangan vaqti nomaʼlum boʻlib, unga Madina va Toif shaharlarini boshqarish uchun qonuniy huquq berilgan refers to him as the governor of Mecca in 882, and as governor of Mecca, Medina and al-Taʼif in 890. likewise states that he was the governor of the Haramayn and al-Taʼif. , without specifying any dates, calls him the governor of Medina and Mecca.. Horun oʻzining hukmronligi davrida Makka xavfsizligiga bir necha bor tahdidlarga duch kelgan va doimiy ravishda siyosiy va iqtisodiy beqarorlik davrlarini boshdan kechirishgan. 881-882-yilda shahar bosqinchi Abu al-Mugʻiyra al-Maxzumiy tomonidan qamal qilingan va Horun oʻz qoʻshinlari bilan unga qarshi yurish qilgan. Horun qoʻshin toʻplash va yurishni toʻxtatishda muvaffaqiyat qozongan boʻlsa-da, u Abu al-Mugʻiyrani Ayn-Mushas va Jiddani vayron qilishiga toʻsqinlik qila olmagan. Buning natijasida Makka ichimlik suvining koʻp qismidan mahrum boʻlgan va non narxi oshib ketgan; .. Horun, shuningdek, Misrning qudratli hokimlari Ahmad ibn Tulun va Sijistonlik Amr ibn al-Laysning siyosiy niyatlariga duch kelgan. Ular Muqaddas Shahar ustidan vasiylikni qoʻlga kiritish orqali oʻz obroʻsini oshirishga harakat qilgan. 881 va 883-yilda Ibn Tulun va Ibn al-Lays Makkaga oʻz daʼvolarini bildirish uchun qurolli kuchlarni yuborgan, natijada shahar ichida tartibsizliklar boshlangan. Har ikki holatda ham Horun oʻz qoʻshinlari bilan tartibni saqlash uchun harakat qilgan va u 883-yilda Makka jangida misrliklarni quvib chiqarishga erishgan; ; ..

884 – 885-yillarda Makkada kutilmagan voqea yuz bergan. Dastavval, Zubayda binti Jaʼfarga tegishli boʻlgan uy qulab tushgan, buning natijasida Makkadagi Masjid al-Haromga zarar yetgan. Bu voqeada oʻn nafar shaxs halok boʻlgan. Voqea sodir boʻlganidan soʻng, Horun va qozi Yusuf ibn Yaʼqub Bagʻdodga hisobot taqdim etishgan va xalifa noibi al-Muvaffaq zudlik bilan zararni tuzatishni buyurgan. Buning uchun mablagʻ ham yuborgan. Keyingi yilda qayta taʼmirlash ishlari tugallanganidan soʻng, masjidga al-Muvaffaqga bagʻishlangan ikkita yodgorlik lavhasi osib qoʻyilgan, ulardan birida Horun, ikkinchisida qozi va loyiha meʼmori nomi yozilgan; ; ..

Horun 892-yilga qadar Makka hokimi boʻlib qolgan, u fitna davrida shahardan haydalib, Misrga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan. Horun shu yerda 901-yil avgust(yoki sentyabr) oyida vafot etgan; .. Manbalar

Turkum:Abbosiylar Turkum:901-yilda vafot etganlar Turkum:Davlat amaldorlari