Ayden Edford Heaven — Angliya Premyer-ligasining Manchester United futbol klubi markaziy himoyachisi.
Klublardagi faoliyati Arsenal Heaven 8 yoshida West Ham United akademiyasiga qoʻshilgan va u yerda 4 yil davomida oʻynagan. Chelseada sinov mashgʻulotlaridan oʻtgandan soʻng u bolaligidan qoʻllab-quvvatlagan Arsenal klubi akademiyasiga borib qoʻshilgan. U 2023-yil yozida Arsenal bilan stipendiya shartnomasini imzolagan. 2023–2024-yilgi mavsum davomida u vaqti-vaqti bilan Arsenalning asosiy jamoasi bilan mashgʻulotlarda qatnashgan.
Heaven 2024-yilgi mavsumoldi tayyorgarligi davomida Arsenalning asosiy jamoasi bilan faol mashgʻulotlarda ishtirok etgan va jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta tomonidan 2024-yil avgust oyida Myles Lewis-Skelly va Ethan Nwaneri bilan birgalikda alohida maqtovga sazovor boʻlgan. Keyingi oyda u Premyer-ligada Tottenhamga qarshi Shimoliy London derbisida jamoa zaxirasiga kiritilgan. U jamoa safidagi debyutini 2024-yil 30-oktabrda Angliya liga kubogi doirasida Preston North Endga qarshi safarda kechgan uchrashuvda amalga oshirgan.
Manchester United 2025-yil 1-fevralda Heaven Manchester United jamoasi bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzolagan. U 2024–2025-yilgi Angliya kubogi doirasida Fulhamga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib asosiy jamoadagi debyutini amalga oshirgan. 9-mart kuni u Premyer-ligada Arsenalga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U ikkinchi boʻlimda Leny Yoro oʻrniga maydonga tushirilgan.
Xalqaro faoliyati 2024-yil may oyida Heaven Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
Oʻyin uslubi Heaven markaziy yarim himoyachi sifatida ham, markaziy yoki chap qanot himoyachisi sifatida ham oʻynay oladigan futbolchi sifatida qaraladi.
Statistikasi Club
+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻtkazgan oʻyinlar soni hamda urgan gollariJamoaMavsumLigaKubokLiga kubogiYevropaBoshqaUmumiy DivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarArsenal U212023–24————20202024–25————1010Total————3030Arsenal2024–2025Angliya Premyer-ligasi00001000—10Manchester United2024–25Angliya Premyer-ligasi1010—00—20Umumiy101010003060
Manbalar
Turkum:2006-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari