Julio José Iglesias de la Cueva (1943-yil 23-sentyabrda tugʻilgan) — ispaniyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va sobiq professional futbolchi. Iglesias dunyodagi tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli ispan qoʻshiqchilaridan biri va musiqa tarixidagi eng koʻp sotilgan albomlar mualliflaridan biri sifatida tanilgan. U butun dunyo boʻylab 14 tilda 300 milliondan ortiq albom sotganhttps://www.julioiglesias.com/pagina.php?cs_id_pagina=5&cs_id_idioma=1&cs_id_contenido=62. Faoliyati davomida besh qitʼada jami 5,000 dan ortiq konsert bergan bo‘lib, ularga jami 60 milliondan ortiq muxlislar tashrif buyurgan deb taxmin qilinadi. 2013-yil aprel oyida Iglesias Lotin Qoʻshiqnavislari Shon-sharaf Zaliga kiritilgan.
Manbalar