Lavash  (, , , , ) – bugʻdoy unidan tayyorlanadigan yupqa va yassi shakldagi tuzsiz oq non boʻlib, asosan Kavkaz, Bolqon va Yaqin Sharq xalqlari oshxonasida keng tarqalgan.

Shuningdek, ushbu mahsulot Eron, AfgʻonistonAlan Davidson. The Oxford Companion to Food. Oxford University Press, 2014. ISBN 0-19-967733-6, 9780199677337. P. 459 va Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham mashhur. Ingliz tilidagi nashrlar mahsulotni „arman moʻrt noni“, „arman kulchasi“, „moʻrt non“ yoki „paraki“ deb ham atashadi Leslie Bilderback „The Everything Bread Cookbook “, glava 6 „Flatbreads“, Adams Media, 2010. Tarixi thumb|Yerevan bozorida sotiladigan turli xil lavashlar|left Qadimgi shumerlar, bobilliklar, misrliklar, ossuriyaliklar va forslarda hovonchalar va qoʻl tegirmonlarining paydo boʻlishi pishirilgan nonning kashf etilishiga asos boʻladi. Quyuq don boʻtqasidan dastlabki xamirturushsiz yupqa nonlar tayyorlana boshlangan. Bugungi kunda ham Kavkazortida lavash taxminan shu usulda pishiriladi .

Yahudiy oshxonasi tarixi boʻyicha amerikalik mutaxassis Gil Marksning soʻzlariga koʻra, lavash kash etilgan hudud – Oʻrta Sharq. Willard B. Moore taomning arman oshxonasiga tegishli ekanligi, Eron esa uning kelib chiqqan joyi deya taʼkidlaganLinda Keller Brown, Kay Mussell. Ethnic and Regional Foodways in the United States: The Performance of Group Identity . Glava 4 „Metaphor and Changing Reality: The Foodways and Beliefs of the Russian Molokans in the United States“ University of Tennessee Press, 1984. ISBN 0-87049-419-8, 9780870494192. Str. 94 . Oksford universitetining oziq-ovqat qoʻllanmasi lavashni Kavkaz va Eron mintaqasida paydo boʻlgan qadimiy taom sifatida taʼriflaydi.

Bir qator manbalar lavashni arman millatiga xos taom deb taʼriflaydi . Shunday qilib, oziq-ovqat ishlab chiqarish boʻyicha mutaxassis Sergio Serna-Saldivar lavash qadimgi arman taomi deb hisoblaydiSergio O. Serna-Saldivar. Cereal Grains: Laboratory Reference and Procedures Manual. CRC Press, 2012. ISBN 1-4398-5565-X, 9781439855652. P.217 „Lavash is another popular flat cracker bread with ancient roots in Armenia. Lavash is a thin, soft flatbread that is served with dips and used for wraps. It is usually made with wheat flour made in a variety of shapes all over the regions of the Caucasus, Iran (where it is often so thin as to be like tissue and can be almost seen through), and Afghanistan“.

Arxeologlar tomonidan topilgan tandirlar va ulardagi lavash qoldiqlari Armanistonda qadim zamonlardan beri lavashning keng tarqalganligini koʻrsatadiBeglaryan G. Xlebopechenie v srednevekovoy Armenii Vestnik obщestvennix nauk AN ArmSSR. 1987. № 5. str. 72—78. Bunday kuygan lavash boʻlaklaridan biri XX asr boshlarida oʻrta asr arman poytaxti Ani shahrida (Gagkashen cherkovi yaqinida) Rus arxeologiya jamiyati tomonidan shaharni qazish chogʻida topilganIosif Orbeli Izbrannie trudi, Yerevan 1963.

Lavash Ossuriya shohi Nosorga asir tushgan Armaniston shohi Aramni qutqarish uchun pishirilgan degan afsona mavjud. Aram jang oldidan 10 kun davomida oziq-ovqatsiz qamoqda saqlangan. Ayyor Aram eng chiroyli sovutini olib kelishni soʻragan. Choparlar podshoga ichiga yupqa non yashirilgan sovutni qayta-qayta olib kelishgan, ammo sovut har-safar Aramga yoqmagan. Nihoyat, jang kuni toʻq va kuchga toʻlgan Aram Nosorni kamondan otish paytida magʻlub etadi va yurtiga qaytadiZakuski iz lavasha. 11 reseptov ruletov, pirojkov, berek i yoka. Kocharyan A., 2019 ISBN 5041934207,9785041934200. Tayyorlanishi

right|thumb|Yerevanda lavash pishirilmoqda thumb|right|Ozarbayjonda sajda lavash pishirish Lavash „tandir“ deb nomlangan anʼanaviy pechlarda bugʻdoy (va oʻtmishda baʼzan arpaning maxsus navi) unidan pishiriladi. Taxminlarga koʻra, xamirturush qoʻshib tayyorlanadigan lavash xamiri katta yogʻoch togʻorada (tasht) uydagi eng keksa ayollar tomonidan tayyorlangan. Tayyor xamir anʼanaviy past dumaloq stolda polda oʻtirgan holda oʻqlov bilan yoyiladi. Odatda, bu vazifani kelinlar bajaradi. Shundan soʻng u yupqa qilib yoyilgan xamirni qaynonasiga uzatadi, qaynona esa tandir yonida oʻtirib, avval uni qoʻlma-qoʻl yuqoriga otib, toldan toʻqilgan maxsus yostiqning yuzasiga tortiladi, soʻng egilib, bir epchil harakat bilan qizib turgan tandirga lavash yopiladi. 30-40 soniyadan soʻng, pishirilgan non uchi qayrilgan maxsus temir tayoq bilan tortib olinadi .

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ozarbayjon oshxonasi Turkum:Turk oshxonasi Turkum:Nonlar