Granada masjidi () Ispaniyaning Granada shahridagi Albaitcin tumanida Plaza San-Nicholas maydoni yaqinida qurilgan sunniy islom masjididir. U 1492-yilda, Kastiliya qirolichasi Izabella I va Aragon qiroli Ferdinand II tomonidan Granada zabt etilib, Katolik monarxlari Ispaniyani toʻliq qayta zabt etganidan keyin qurilgan ilk masjid edi. Asosan chetdan kelgan ehsonlar va mahalliy yordam hisobiga qurilgan ushbu masjid 2003-yilda ochilgan.

Tarixi Masjid qurilishi 1980-yillarda mahalliy musulmonlar jamoasi tomonidan boshlangan. Masjid uchun mablagʻ yigʻish, asosan xorijdan, shuningdek, mahalliy aholining yordami bilan uzoq yillar davom etgan va qurilish 1990-yillarning oxirigacha ham boshlanmagan. Qurilishga Sharja amiri Sulton bin Muhammad Al-Qosimiy va Marokash qiroli Hasan II moliyaviy yordam bergan. Masjid 2003-yil yozida ochilgan. Bu yerda kuniga besh mahal namoz va juma namozi oʻqiladi. Shuningdek, har kuni Qur’on tilovati va uni oʻrganish mashgʻulotlari ham oʻtkaziladi.

Tuzilishi Masjid binosi anʼanaviy musulmon naqshlari bilan bezatilgan. Qurilish majmuasi namozxona, bogʻ va kutubxona, anjumanlar zali, koʻrgazma maydoni, kitob doʻkoni va qabulxonaga ega islomshunoslik markazidan iborat.

Yana qarang

Ispaniyada Islom Ispaniyadagi masjidlar roʻyxati Manbalar

Havolalar

Turkum:Ispaniyadagi masjidlar