Roshidun xalifaligi qoʻshinlari milodiy VII asr oʻrtalarida Sharqiy Rim imperiyasining Oʻrta yer dengizi sohilidagi asosiy port shahar Iskandariyani egallab oldi. Iskandariya Vizantiya imperiyasining Misr viloyati poytaxti boʻlgan. Bu voqea Sharqiy Rimning dengiz hududlaridagi nazorati hamda Sharqiy Oʻrta yer dengizidagi iqtisodiy hukmronligiga yakun yasadi. Shu tariqa geosiyosiy hokimiyat Roshidun xalifaligiga oʻtdi.

Tarixiy sharh Milodiy 632-yilda paygʻambar Muhammadning vafotidan keyin musulmon dunyosida tez sur’atlarda kengayish davri boshlandi. Roshidun xalifaligi hukmronligi davrida musulmon qoʻshinlari Sosoniylar hamda Vizantiya imperiyasi chegaralariga hujum qila boshladiJames Lindsay. Daily Life in The Medieval Islamic World. (Westport, CT: Greenwood Press,1957) Pg 3. Bu ikki imperiya arablarning bunday hujumiga tayyor emas edi, chunki ularning har ikkalasi islomni va uning tobora kuchayib borayotgan tarafdorlarini munosib baholamagan ediKhalil I. Semaan. Islam and the Medieval West. (Albany, NY: State University of New York Press, 1980) Pg 4. Yarmuk jangida vizantiyaliklarni (636), Qodisiya jangida (637) forslarni tor-mor qilganidan soʻng musulmonlar oʻz yurishlarini Vizantiya Afrikasi viloyatlari tomon yoʻnaltirdi.

Musulmonlar tomonidan zabt etilgan hududlarda mahalliy aholi va siyosiy tuzilma, asosan, oʻz holicha saqlab qolingan, biroq musulmonlar nazorati ostiga oʻtgan. Baʼzi guruhlar, jumladan, „butparast“ yoki „sanamparast“ deb topilganlar taʼqibga uchragan. Musulmon fathchilari bosib olingan hududlardagi yahudiylar va nasroniylarga nisbatan, odatda, bagʻrikenglik bilan munosabatda boʻlishgan. Ularning koʻpchiligi Bagʻdod kabi yangi shaharlarda nisbatan yuqori mavqe va farovonlikka erishganBat Yeʼor. The Dhimmi. (Cranberry NJ: Associated University Press, 1985) Pg 43. Bu esa imperiyaning barqaror va izchil boshqaruviga olib kelgan. Musulmonlar va gʻayrimusulmonlar oʻrtasidagi asosiy farq soliqqa oid boʻlgan. Gʻayrimusulmonlar mahalliy hokimiyatga jizya deb ataluvchi soliq toʻlashga majbur boʻlgan, musulmonlar esa zakot toʻlashgan. Gʻayrimusulmonlar jizya toʻlashlari evaziga ularning hayoti va mol-mulki musulmon hokim tomonidan himoya qilinishi majburiy hisoblangan. Jizya, shuningdek, musulmon hukumati olib boradigan urushlarda qatnashmaydigan gʻayrimusulmonlar uchun belgilangan. Jizya toʻlovi qarilar, ayollar va bolalarga tegishli boʻlmagan, bu faqat urushda ishtirok eta oladigan, lekin buni xohlamaydigan, jismonan sogʻlom kishilar uchun amal qilgan.

Manbalar

Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:641