Sevasti Qiriazi-Dako (Sevasti D. Kyrias; taxminan 1871-yilda tugʻilgan – 1949-yilda vafot etgan) – albaniyalik vatanparvar, maʼrifatchi, protestant missioneri, yozuvchi, albaniyalik ayollar taʼlimining kashshoflaridan biri va Albaniya milliy uygʻonish harakati faoli.

Hayoti va ilk mehnat faoliyati

Yoshlik yillari Sevasti taxminan 1870-yildaSee dilemma over birthdate at: https://en.wikipedia.org/wiki/Sevasti_Qiriazi#Myths,_inaccuracies_and_inconsistencies hozirgi Shimoliy Makedoniyada joylashgan, oʻsha davrda Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan Manastir shahridagi Tërnovë qishlogʻida vatanparvar Qiriazi oilasi dunyoga kelgan. Oilada oʻn nafar farzandning oltinchisi boʻlgan. Oilasi xristianlik dinining pravoslavlik yoʻnalishiga eʼtiqod qilgan. Sevasti toʻrt yoshidan boshlab yunon tilidagi boshlangʻich maktabga qatnagan. Yoshligida bir nechta tillarni, jumladan, alban, yunon, bolgar, turk va ingliz tillarini oʻrgangan. U va uning oilasi Manastirdagi uylariga yaqin joyda maktab yuritgan va diniy marosimlar oʻtkazgan albaniyalik vatanparvarlar va amerikalik protestant missionerlari bilan yaqindan tanish boʻlgan. Sevasti amerikaliklar maktabiga oʻqishga qabul qilingan va 1888-yil iyul oyida u yerni oʻrta maktab darajasidagi diplom bilan tamomlaganDiploma at: Arkivi Qendror i Shtetit, Tirana, AQSH F52 D18.

Taʼlimi Sevasti 1888–1891-yillarda Istanbuldagi Qizlar uchun Amerika kollejida tahsil olgan. Uning oʻqishga qabul qilinishini akasi, ruhoniy Gjerasim Qiriazi tashkil qilgan. Ikkinchi kursdan oʻqishga qabul qilingan va 1891-yilda sakkiz nafar ayol bilan birgalikda kollejni tamomlab, sanʼat bakalavri (Bachelor of Arts) darajasini olgan. Shu tariqa u kollej taʼlimini tamomlagan birinchi albaniyalik ayolga aylanganSee diploma at: Arkivi Qendror i Shtetit, Tirana, AQSH F52 D18. Uning kollejda oʻqishdan asosiy maqsadi akasi Gjerasimga Albaniyada qizlar uchun maktab ochishda yordam berish uchun tayyorgarlik koʻrish edi. Sevasti kollejda oʻziga katta taʼsir koʻrsatgan shaxslar sifatida kollejninng rahbari va Cyrus Hamlinning qizi Clara Hamlin, shuningdek Florence A. Fensham, Mary Mills Patrick, Ida Prime, Caroline Borden va bolgariyalik Grandinaroff oilasini tilga olgan. Gjerasim Qiriazi Sevastining bitiruv marosimiga mashhur albaniyalik aka-ukalar Abdyl Frashëri, Sami Frashëri va Naim Frashërilarni taklif qilgan. Naim Frashëri oʻzining Usmoniylar hukumatidagi nufuzi orqali Sevastining diplomini rasman roʻyxatdan oʻtkazib, Korçada birinchi qizlar maktabining ochilishi uchun ruxsatnoma – irade olib bergan.

Manbalar

Turkum:1871-yilda tugʻilganlar Turkum:1949-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar