Mosul jome masjidi () – Iroqning Mosul shahridagi tugallanmagan masjid. Masjid Dajla daryosi bilan chegaradosh boʻlmish Taqafa tumanida, Nineviya arxeologik yodgorligi yaqinida joylashgan. Qurilishi Saddam Husayn hukmronligi davrida boshlangan, biroq mamlakatdagi siyosiy muammolar tufayli ishlar toʻxtatilgan va hozirgacha tugallanmagan.
Tarix Roshidun xalifaligi davridagi arab sarkardasi Arfaja ibn Harsama Mosuldagi Umaviy jome masjidining birinchi meʼmori sifatida qayd etilgan. Keyinchalik Umaviylar xalifaligi davrida Marvon ibn Muhammad tomonidan ushbu masjid yanada kengaytirilgan va qayta qurilgan.
Bu Mosuldagi eng katta masjid boʻlib, ilgari Iroq prezidenti Saddam Husayn sharafiga Saddam masjidi deb atalgan.
Nineviya muhofazasi 2019-yil 18-fevralda eʼlon qildiki, IShID tomonidan yetkazilgan zarararga qaramay, Birlashgan Arab Amirliklarining 50 million dollarlik granti yordamida qurilish ishlari qayta boshlangan. Qurilishni yakunlash muddati belgilanmagan.
Manbalar
Turkum:Qurilayotgan binolar va inshootlar Turkum:Iroqda sunniy islom Turkum:Mosuldagi masjidlar