Jazraya (; shuningdek Jazraaya) Suriya shimolida joylashgan qishloq. Maʼmuriy jihatdan Halab muhofazasining Simeon togʻi okrugi tarkibiga kiradi. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Jazraya aholisi kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004 . Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Aleppo Governorate. . Tarixi Zamonaviy Jazrayani 19-asr oxirlarida Furot vodiysidagi Uqaydat badaviylarining bir tarmogʻi hisoblangan Al Bu-Layl arab qabilalari oʻzlashtirgan. Qabila a’zolari bu hududga taxminan 1860-yillarda chorvador va choʻpon qiyofasida kirib kelishgan. Biroq, ehtimol 19-asrning soʻnggi oʻttiz yilida ular Jazraya va uning atrofidagi bir necha qishloqlarga oʻrnashib, dehqonchilik bilan shugʻullana boshlashgan.

Taxminan 1890-yilda Jazraya shayxi Hoji Mustafo ash-Shvatiyya Usmoniylar hokimiyatini qoʻllab-quvvatlash orqali oʻzining Al Bu-Layl qabilasining eng nufuzli yetakchisi boʻlishini taʼminladi. Shayx 1918-yilda Usmoniylar Suriyadan haydab chiqarilgandan soʻng va Fransiya mandati oʻrnatilganidan keyin ham mintaqadagi shayxlar orasida oʻz nufuzini saqlab qoldi. Shayxning oʻgʻillari mustaqil Suriya davrida (1946-yildan keyin) ham XX asrning oʻrtalarigacha qishloqda muhim yer egalaridan boʻlib qolishdi. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Simeon togʻi okrugi aholi punktlari Turkum:Usmoniylar Suriyasida 19-asrda asos solinganlar Turkum:19-asrda asos solingan aholi punktlari