Baytul Muslimin masjidi – Tayvanning Yilan tumani, Suʼao shaharchasidagi masjid. Bu Yilan tumanidagi ilk masjiddir.

Tarixi Masjid 2014-yilda Indoneziyadan kelgan bir guruh baliqchilar tomonidan tashkil etilgan.

Arxitekturasi Masjid ikki qavatli sariq binoning yuqori qavatida joylashgan. Binoning pastki qavati Tayvandagi Indoneziya dengizchilar bilan aloqa forumi maʼmuriyati uchun ishlatiladi. Bino oyiga 15 000 NT$ evaziga ijaraga olingan.

Faoliyatlar Masjidda muntazam ravishda musulmonlarga oid turli tadbirlar va bayramlar oʻtkaziladi. Bino, shuningdek, Nanfangʻao baliq ovlash porti kabi yaqin atrofdagi portlarda ishlaydigan baliqchilar uchun yigʻilish markazidir. Masjid Indoneziyadan kelgan mehnat muhojirlari uchun maʼlumot va shikoyat markazi hamdir.

Transporti Masjidga Tayvan temir yoʻllarining Su’ao bekatidan janubi-sharq tomon piyoda borish mumkin. Manbalar

Turkum:Tayvandagi masjidlar Turkum:2014-yilda qurib bitkazilgan masjidlar