Stanislav Volodimirovich Boklan (; 1960-yil 12-yanvar, Brusilov, Jitomir viloyati, Ukraina SSR, SSSR) – ukrainalik teatr va kino aktyori. Ukraina xalq artisti (2016)Ukaz Prezidenta Ukraїni vіd 22 sіchnya 2016 roku № 18/2016 „Pro vіdznachennya derjavnimi nagorodami Ukraїni z nagodi Dnya Sobornostі Ukraїni“ . 3-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni kavaleri (2021). Boklan Sluga narodu serialidagi Ukraina Bosh vaziri Yuriy Chuyko roli, „Papik“ serialidagi Aleksandr Merkulov roli va „Krepostnaya“ serialidagi Pyotr Chervinskiy roli tufayli mashhurlikka sazovor boʻlgan.
Hayoti Stanislav Boklan 1960-yil 12-yanvarda Brusilov shahrida (Jitomir viloyati) tugʻilgan. Keyinroq oilasi Kievga koʻchib oʻtgan. Boklan Svyatoshinskiy tumanida sanʼatga aloqasi boʻlmagan oddiy ishchi oilasida oʻsgan. Maktabdan soʻng Boklan „Kristal“ zavodiga ishga borgan, u yerda „mikromodulda elektr parametrlarini oʻlchovchi“ ishchi boʻlib ishlagan.
1979-yilda Boklan doʻsti bilan teatr institutiga oʻqishga kirish uchun imtihon topshiradi, ammo oʻtolmagan. "Esimda, imtihondan keyin yomon baho olganimdan keyin hech kim meni hech qayerga ishga ololmasligini tushundim. Nutq oʻqituvchisi ortimmdan chiqdi. U meni toʻxtatib, „Albatta yana urinib koʻring. Sizda nimadir bor, deb aytdi“. „Va bir yildan keyin men teatr institutiga oʻqishga kirdim“, deb eslaydi aktyor.
1984-yilda I. K. Karpenko-Kariy nomidagi Kiyev davlat teatr sanʼati institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan (Boris Stavitskiy kursi)Kratkaya biografiya aktyora Stanislava Vladimirovicha Boklana. Ofitsialniy sayt Kievskogo akademicheskogo Molodogo teatra // molody.kiev.ua.
1984-yildan 1994-yilgacha Donesk viloyati akademik drama teatrida (Mariupol) ishlagan.
1994-yildan 2020-yilgacha Kiyev akademik yosh teatrining aktyori boʻlgan.
2017-yil oxirida aktyor „Liga smexa“ shousining hakamlar hay’ati aʼzosi boʻldi.
2021-yil noyabr oyidan boshlab Boklan „Kim millioner boʻlishni xohlaydi?“ ukraincha koʻrsatuvining boshlovchisi boʻlib faoliyat olib bormoqda
Oilasi Birinchi xotini teatr va kino aktrisasi Yelena Dudich. Ularning Marianna Boklan ismli qizi bor. Ikkinchi xotini teatr va kino aktrisasi Natalya Klenina. Oʻgay oʻgʻli (xotinining teatr va kino aktyori Aleksandr Pyanzin (1956—2018) nikohidan boʻlgan oʻgʻli) Kirill Dumskiy. Nevaralari Demid (2015-yilda tugʻilgan), Arina (2017-yilda tugʻilgan). Kichik ukasi Nikolay Boklan (1963-yil 13-oktyabrda tugʻilgan) ukrainalik teatr va kino aktyori, Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2008).
Manbalar
Turkum:Sovet aktyorlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:XXI asr hind aktyorlari Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:12-yanvarda tugʻilganlar