Tisiya () Suriya janubida joylashgan qishloq. Maʼmuriy jihatdan Daraa muhofazasiga tegishli.
Tarixi Qishloqqa yaqin atrofdagi togʻlardan darziylar haydab yuborgan mahalliy havronlik arab nasroniylar asos solishgan. 1993-yilda qishloqqa darziylar hujum qilgan.
Demografiyasi Qishloq aholisining asosiy qismini Antioxiya yunon pravoslav cherkoviga mansub nasroniy arablar tashkil etadi. Qishloqning asosiy oilalari Dahdal, al-Eid, al-Hanat, al-Avabda, al-Hana, al-Javabrh va Uvays oilalaridir. XX asr davomida qishloq aholisining koʻp qismi boshqa joylarga koʻchib ketgan boʻlib, ularning avlodlari hozirda, asosan, Suriyaning Damashq, Daraa va Halab shaharlarida hamda Iordaniyaning Amman shahrida istiqomat qilmoqda. 2010-yilda qishloq aholisi 500 kishi atrofida edi.
Binolari Qishloq markaziga yaqin joyda notekis toshlardan qurilgan kichik qadimiy cherkovning qoldiqlari saqlanib qolgan. Mahalliy cherkov Avliyo Georgega bagʻishlangan boʻlib, uning ichida turli xil mozaikalar mavjud.
Manbalar
Turkum:Daraa okrugi aholi punktlari Turkum:Suriyadagi sharqiy pravoslav xristian jamoalar