Jome masjid – Hindistonning Maharashtra shtatiga qarashli Jalgaon tumanidagi Erandol shahrida joylashgan, mojaro ostidagi jome masjididir. Ushbu masjid 13-asrga, Dehli sultoni Alouddin Xalji hukmronligi davriga taalluqli deya hisoblaniladi. Biroq, bu bino masjid sifatida ilk bor 1861-yilgi hujjatlarda qayd etilgan.

Tavsifi Bino katta toʻrtburchak shaklida boʻlib, devor bilan oʻralgan. Devorlarda Qur’on oyatlari bitilgan yozuvlar va turli naqshlardagi tosh panjarali derazalar mavjud. Mehrobning ikki tomonida arkasimon oʻyiqlar boʻlib, ularning atrofi naqshli bezaklar bilan oʻralgan, tepalarida esa hilol oy va yulduz tasvirlari mavjud. Markaziy masjidning tomi ulkan tosh bloklardan iborat boʻlib, ularda qizil va sariq ranglarning izlar mavjud. Bu tom yirik tosh ustunlarga tayanib turadi, ustunlar esa gul naqshlari bilan bezatilgan.

Uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan, binoning masjid yoki dindor hindular „Pandav Vada“ deb ataydigan jayn ibodatxonasi ekani haqidagi bahs Hindiston Oliy sudida 2024-yil 19-aprelda hal qilingan. Sud qaroriga koʻra, masjid maʼmuriyati binoning kalitlarini mahalliy munitsipalitetga topshirishi buyurilgan. Qarorga muvofiq, mahalliy hokimiyat hindularning binoga istalgan vaqtda kirishiga ruxsat berishi, musulmonlarning esa faqat namozdan oldin kirishiga va namozdan koʻp oʻtmay chiqib ketishiga cheklov qoʻyishi mumkin. Ushbu qarorga nisbatan berilgan apellyatsiya rad etilgan.

Yana qarang

Hindistonda Islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:Jome masjidlar Turkum:Maharashtradagi masjidlar