Rabigʻa Yangulovna Kushayeva (; 1901—1937) – boshqird ayollar harakati yetakchilaridan biri.

Hayoti Kushaeva Rabigʻa Yangulovna 1901-yilda Samara guberniyasi (hozirgi Bolshechernigovskiy tumani) Xasyanovo qishlogʻida tugʻilgan.

1916-yildan Rabigʻa Samara guberniyasining Burzyan qishlogʻida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1917-yilda Orenburgdagi 1-Umumboshqirdlar qurultoyi (syezdi) ishida Samara guberniyasining Pugachyov tumanidagi boshqirdlarning delegati (vakili) sifatida qatnashgan. Qurultoyda Rabigʻa boshqird ayollarining teng huquqliligini faol himoya qilgan va boshqird ayollariga erkaklar bilan teng ravishda toʻliq fuqarolik hamda siyosiy huquqlarni berish talabini ilgari surgan, ularni amalga oshirish boʻyicha oʻn banddan iborat aniq chora-tadbirlarni taklif qilgan. Uning maʼruzasiga koʻra, gender tenglik haqidagi bandlar qurultoylar rezolyutsiyalariga kiritilgan.

1919-yildan RKP(b) Boshqird viloyati qoʻmitasida ayollar ishlari boʻyicha boʻlim mudiri boʻlib ishlagan.

Rabigʻa 1920-yil sentyabr oyida Sterlitamak shahrida boʻlib oʻtgan ishchi va dehqon ayollarining 1-Umumboshqird konferensiyasi tashkilotchilaridan biri boʻlgan. 1921-yil noyabrda Rabigʻa Moskvada boʻlib oʻtgan Butunrossiya Sovetlar syezdining IX qurultoyida qatnashdi. Rabigʻa 1924-yil noyabrda boʻlib oʻtgan ishchi va dehqon ayollarining 1-Umumboshqird syezdini, shuningdek, 1927-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan Umumboshqird ayollar syezdi – Kengash aʼzolari syezdini tashkil etish va tayyorlashda ishtirok etgan.

1927-yildan Ufadagi Sh. Xudoyberdina nomidagi bolalar uyi direktori boʻlib ishlagan.

1929-yildan Rabigʻa Moskvada yashay boshlagan. U yerda RSFSR Xalq Maorif Komissarligining mehribonlik uylari boʻlimida inspektor boʻlib ishlagan.

1937-yilning yozida Yaroslavl temir yoʻlining Los platformasida elektrpoyezda uyga qaytayotganida oʻldirilgan.

Oilasi Akasi Yumagulov Xaris Yumagulovich (1888—1937) davlat va jamoat arbobi, Boshqird milliy harakati rahbarlaridan biri, Boshqird harbiy inqilobiy qoʻmitasi raisi (1919—1920)Жертвы политического террора в СССР: Юмагулов (retrieved 21 February 2020).. Eri Kushayev Hafiz Kushayevich (1888—1937) davlat va jamoat arbobi, Boshqirdiston MIQ raisi (1922—1929)Жертвы политического террора в СССР: Кушаев (retrieved 21 February 2020).. Ular 1922-yilda turmush qurishganСулейманова Р. Мать нации или слово о Рабиге Кушаевой. //«Киске Өфө», 2011. № 46. С. 7.. Bolalari: Minsilu 1923-yilda difteriyadan vafot etgan. Tansilu (Dina) Perm opera teatrining solisti, RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist. Irek 5 yoshida ota-onasi vafotidan soʻng, bolalar uyiga topshirildi. Uning keyingi taqdiri nomaʼlum.

Manbalar

Adabiyotlar Сулейманова Р. Н. Неутомимый борец за равноправие башкирских женщин //Башкортостан в XX столетии. Исторические портреты. Уфа, 2006. Вып.1. Шәкүр Рәшит. Арҙаҡлы башҡорттар. Ғилми-биографик очерктар. Тулыландырылған 2-се баҫмаһы. — Өфө: Китап, 2005. — 376 бит.

Turkum:Moskva viloyatida vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:1937-yilda vafot etganlar Turkum:1901-yilda tugʻilganlar