Lamiya Valiyeva (2002-yil 5-aprel) – Ozarbayjonlik para yengil atletikachi, musobaqalarda yugurish (sprint) yoʻnalishida ishtirok etadi. U Ozarbayjon sharafini 2020 va 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida himoya qilgan.

Faoliayti

Lamiya Valiyeva 2002-yil 5-aprelda tugʻilgan. 11 yoshida sportga boʻlgan qiziqishi paydo boʻldi.

Valiyeva 2015-yil noyabr oyida Turkiyaning Konya shahrida oʻzining birinchi musobaqasida ishtirok etdi. Ushbu turnirda Valiyeva 100 metrga yugurish va estafeta yoʻnalishlarida birinchi oʻrinni egalladi.

Valiyeva 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Ozarbayjon nomidan ishtirok etib, T13 toifasida 400 metr masofaga yugurish bahslarida oltin medal va 100 metr masofaga yugurish bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Para yengil atletika boʻyicha 2023-yilgi jahon chempionatida T13 toifasida 100 metr va 400 metr masofalarga yugurishda oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi jahon chempionatida ham ushbu yoʻnalishlarda ishtirok etib, yana ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Valiyeva T13 toifasida 100 metrga yugurish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. U 100 metr masofani 11,76 soniyada bosib oʻtib, Rio-2016 Paralimpiadasida Leyla Ajametova tomonidan oʻrnatilgan 11,79 soniyalik avvalgi jahon rekordini yangilagan. Shuningdek, 400 metrga yugurishda 55,09 soniya natija bilan kumush medalga sazovor boʻlgan.

2024-yil 10-sentabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan Valiyevaga Yozgi Paralimpiada oʻyinlaridagi yuksak natijalari va Ozarbayjon sportini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun „Shohrat“ ordeni topshirilgan. Shu bilan birga, u oltin medali uchun 200 ming manat va kumush medali uchun 100 ming manat miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Oilasi Turmush o‘rtog‘i — Tembo Monareng, janubiy afrikalik yengil atlet, qisqa masofaga yugurish musobaqalarida ishtirok etadi.

Manbalar

Turkum:Ozarbayjonlik ayol sprinterlar