Anna Czóbel (1918-yil 17-noyabrda tugʻilgan – 2012-yil 9-dekabrda vafot etgan) – Magyar Televízió telekanalida faoliyat yuritgan vengriyalik kinematograf. 1975-yilda „Xizmat koʻrsatgan artist“ mukofoti sovrindori boʻlgan. Vengriya kinematograflar jamiyatining faxriy aʼzosi.

Hayoti va karyerasi Anna Czóbel 1918-yil 17-noyabrda Vengriyaning Budapesht shahrida adabiyot tarixchisi Erno Czóbel va shoir hamda pedagog Sarolta Lányi oilasida dunyoga kelgan. Czóbel juftlikning yagona qizi boʻlgan. Uning amakisi taniqli venger rassomi Bela Czóbel edi. Bobosi Erno Lányi esa venger kompozitori boʻlgan. Ota-onasi bilan toʻrt yoshida Moskvaga koʻchib oʻtgan. Sovet Ittifoqining Kinooperatorlik davlat institutini tamomlagan va „Soyuzdetfilm“ studiyasida kinooperator yordamchisi sifatida ish boshlagan. Ikkinchi jahon urushi davrida Tojikistonga evakuatsiya qilingan. 1945-yilda Vengriyaga qaytib kelgan va Mafirt Krónika (xronika), keyin esa Mafilm film studiyasida faoliyat yuritgan. 1950-yilda Budapeshtdagi Teatr va Kino sanʼati universitetida dars bera boshlagan. Faoliyati davomida Vilmos Zsigmond, Sándor Sára hamda István Gaál kabi mashhur kinematograflarga kinooperatorlik boʻyicha taʼlim berganMTI Ki kicsoda 2009. Szerk. Hermann Péter. Budapest: Magyar Távirati Iroda. 2008. . Czóbel 1952-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Vengriyaning suratga olish guruhi aʼzosi boʻlgan. 1958-yildan 1990-yilgacha Magyar Televízióda, shuningdek, keyinchalik yuqori darajali kinooperator sifatida xizmat qilgan. Bundan tashqari, turli televizion janrlarda ham oʻzini sinab koʻrgan. Czóbel 1981-yilda nafaqaga chiqqan, shunday boʻlsa-da, yana toʻqqiz yil davomida telekanaldagi ishini davom ettirgan.

Anna Czóbel 2012-yil 9-dekabrda Vengriyaning Budapesht shahrida vafot etgan.

Tanlangan asarlari Anna Czóbel bir qancha asarlar muallifi sanaladi. Jumladan:

Beszélnek a színek (1953) Színek hatalma (1958) Ha én egyszer kinyitom a számat (1964) A művészet legyen mindenkié (1965) A parányok óriásai Cicavízió (1961) Jogi esetek Kuckó (1968) Óvodások műsora Zsebtévé (1965) Vers mindenkinek Marci és a kapitány (1978)

Manbalar

Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:2012-yilda vafot etganlar Turkum:17-noyabrda tugʻilganlar Turkum:9-dekabrda vafot etganlar Turkum:Budapeshtda tugʻilganlar Turkum:Budapeshtda vafot etganlar