Anatoliy Volodimirovich Trubin (2001-yil 1-avgustda tugʻilgan) – ukrainalik professional futbolchi, Primeira Liganing „Benfica“ klubi hamda Ukraina terma jamoasining darvozaboni.
Trubin Donetskning „Shaxtyor“ klubi yoshlar akademiyasidagi besh yillik faoliyatidan soʻng asosiy jamoa aʼzosiga aylangan. U 2020-yil 17 yoshida asosiy tarkibga kirtila boshlagan va jamoasining uch karra Ukraina Premier-ligasi va bir marotaba Ukraina kubogini yutishiga yordam bergan. 2023-yilda esa „Benfica“ klubiga koʻchib oʻtgan.
Turli yoshlar toifasida mamlakati jamoasi sharafini himoya qilgan Trubin 2021-yilning mart oyida birinchi marta Ukrainaning asosiy terma jamoasidan chaqiruv olgan.
Klublardagi karyerasi Shaxtyor Donetsk Donetskda tugʻilgan Trubin karyerasini Mariupolning „Azovstal-2“ klubida boshlagan va 2014-yilda Donetskning „Shaxtyor“ klubi akademiyasiga koʻchib oʻtgan. 2019-yil fevral oyida u asosiy jamoa bilan mashgʻulotlarni boshlagan va UEFA Yevropa ligasi doirasidagi „Eintracht Frankfurt“ga qarshi bahsda jamoning asosiy tarkib qaydnomasiga kiritilgan. Professional debyutini esa 26-may kuni liga doirasidagi „Mariupol“ klubiga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan va oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Trubin 2020-2021-yilgi mavsumdan boshlab klub afsonasi Andriy Pyatovning asosiy tarkibdagi oʻrnini egallagan va jami 30 ta oʻyinda maydonga tushgan. Ushbu mavsumda u Chempionlar ligasida 2020-yil 21-oktyabr sanasida boʻlib oʻtgan „Real Madrid“ga qarshi safarda qozonilgan 3:2 hisobidagi gʻalabada, shuningdek „Inter“ga qarshi ikkita quruq oʻyinlik seriyada ham asosiy tarkibda boʻlgan. Mavsum davomidagi yorqin oʻyinlari sabab futbolchi „Shaxtyor“ning muxlislari versiyasiga koʻra mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
2023-yilning 23-fevralida UEFA Yevropa ligasi pley-off bosqichi javob oʻyinida „Shaxtyor“ning „Renn“ bilan umumiy 3:3 hisobida yakunlangan oʻyining penaltilar seriyasida uchta seyv amalga oshirgan darvozabon jamoasining 1/8 finalga chiqishida muhim rol oʻynagan va yakunda oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb ham topiladi. U liga uchrashuvlarining 28 ta oʻyinida maydonga tushib, 14 ta oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan hamda yakunda „Shaxtyor“ bilan liga chempionligini qoʻlga kiritgan.
2023-yilning iyulida, shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan futbolchi „Inter“ klubining qiziqishlar doirasiga tushib qoladi. Italiya klubi jamonai tark etgan asosiy darvozabini André Onana oʻrniga Trubinni asosiy variant sifatida koʻrishadi. Biroq, „Inter“ „Shaxtyor“ soʻragan narxni berisga tayyor emasligini maʼlum qilgach klublar oʻrtasidagi muzokaralar barbod boʻldi. Bu orada Trubin omma oldida klubni tark etish xohishini aytgach, koʻp oʻtmay, „Benfika“ Trubinning xizmatlariga qiziqish bildira boshlaydi va ular oʻrtasida munozaralar boshlanadi.
Benfica 2023-yil 10-avgustda Trubin Portugaliya Primeira Ligasining „Benfica“ klubi bilan 2028-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi. Transfer summasi 10 million yevro. Bundan tashqari, „Shaxtyor“ klubi darvozabonning kelajakdagi sotuvlaridan tushgan foydaning 40 foizini olish huquqiga ham ega boʻldi.
Terma jamoadagi karyerasi Trubin Ukrainaning 16, 17, 18, 19 va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari safida jami 31 ta oʻyinda maydonga tushgan. U ilk bor 2021-yilning 5-martida Andrey Shevchenko tomonidan Fransiya, Finlandiya va Qozogʻistonga qarshi 2022-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari uchun kattalar jamoasiga chaqirilgan.
U Ukraina terma jamoasi safida 31-mart kuni Jahon chempionati saralashi doirasidagi Qozogʻistonga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Trubin Yevro-2020 uchun asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan. Guruhda 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi jamoalar qatorida play-off bosqichiga yoʻl olgan Ukraina 3-iyul kuni Rimdagi „Olimpiko“ stadionida boʻlib oʻtgan Angliya terma jamoasiga qarshi bahsda 4:0 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng turnirdagi oʻz ishtirokini yakunlagan.
Statistika Klub
+KlubMavsumLigaMahalliy kuboklarLiga kubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyilnarGollarOʻyilnarGollarOʻyilnarGollarOʻyilnarGollarOʻyilnarGollarOʻyilnarGollar"Shaxtyor"2018–2019Ukraina Premier Ligasi1000—0000102019–2020Ukraina Premier Ligasi7000—0000702020–2021Ukraina Premier Ligasie21000—90003002021–22Ukrainian Premier League12000—60001802022–2023Ukraina Premier Ligasi280——100—380Umumiy690000025000940Benfica2023–2024Primeira Liga2805030120—4802024–2025Primeira Liga300003012000450Umumiy580506024000930Karyerasidagi umumiy12705060490001870
Terma jamoa
+Terma jamoaYilOʻyinlarGollarUkraina202120202210202370202480Umumiy180
Sovrinlar Shaxtyor Donetsk Ukraina Premier Ligas: 2018–2019, 2019–2020, 2022–2023 Ukraina kubogi: 2018–2019
Benfica Taça da Liga: 2024–2025
Shaxsiy Ukraina Premier Ligasi Yil darvozaboni: 2021–2022,Nazvana simvolicheskaya sbornaya UPL 2022 2022–2023Trubin – luchshiy vratar sezona v UPL „Shaxtyor“ mavsum oʻyinchisi: 2020Trubіn graves roku
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Donetsk viloyatida tugʻilganlar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:Shaxtyor Donetsk futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari