Hoshimiylar va Umaviylar oʻrtasidagi raqobat VII–VIII asrlarda Quraysh qabilasiga mansub Makkaning ikki arab urugʻi, yaʼni Banu Hoshim va Umaviylar sulolasi oʻrtasidagi adovatni anglatadi. Ushbu raqobat ilk islom tarixi davomida yuz bergan muhim voqealarga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.
Kelib chiqishi Anʼanaga koʻra, Banu Umayya va Banu Hoshim Quraysh qabilasining ajdodi boʻlgan Qusay ibn Kilabning oʻgʻli Abduanof ibn Qusaydan kelib chiqqan. Ularning ikkalasi ham Hijoz mintaqasidagi Makka shahridan chiqqan urugʻlar hisoblangan. Hoshimiylar oʻz nomlarini Hoshim ibn Abdumanofdan olgan boʻlsa, Umaviylar Abdumanofning boshqa bir oʻgʻli Abdushams ibn Abdumanofning avlodi boʻlgan Umayya ibn Abdushamsdan olgan.
Hoshim ibn Abdumanof (islom paygʻambari Muhammadning ota tomonidan katta bobosi) va Abdushams ibn Abdumanof birikkan egizaklar boʻlib, Hoshimning oyogʻi Abdushamsning boshiga bogʻlangan holda tugʻilgan. Rivoyatlarga koʻra, ular onaning qornidayoq raqobatlashgan va ularning har biri birinchi boʻlib tugʻilishni istagan. Egizaklarning tugʻilishi haqida eslanishicha, Hoshimning barmoqlaridan biri Abdushamsning peshonasiga bosilgan holda dunyoga kelgan. Rivoyatda aytilishicha, egizaklarning otasi Abdumanof ibn Qusay oʻgʻillarini qilich bilan ajratgan, baʼzi ruhoniylar ulardan sizib chiqqan qon kelajakda egizaklarning zurriyotlari oʻrtasida kechadigan urushlarga ishoradir, deb hisoblashgan. Arabistondagi munajjimlar esa Abdumanofning oʻgʻillarini qilich bilan ajratganini jiddiy xato deb bilgan va bu voqeani yomon alomat sifatida talqin qilganlar.
Manbalar
Turkum:Umaviylar xalifaligining harbiy harakatlari tarixi Turkum:Badr jangi Turkum:Karbalo jangi Turkum:Ali Turkum:Muhammadning hayoti Turkum:Roshidun xalifaligi