Pavlo Volodimirovich Kazarin (; 1983-yil 3-dekabr, Simferopol) —ukrainalik bilingual jurnalist, publitsist va filolog-adabiyotshunos.

Hayoti Otasi Volodimir Kazarin (1952-yilda tugʻilgan) rus adabiyoti oʻqituvchisi, rafiqasi bilan Rossiyaning Vladivostok shahridan Ukrainaning Simferopol shahriga koʻchib oʻtgan. Onasi biokimyogar.

2005-yilda Vernadskiy nomidagi Tavriya milliy universitetini tamomlagan. 2004-yildan buyon ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritib kelmoqda. „Crimea“ DTRKda ishlagan. 2012-yildan 2014-yilgacha Moskvada yashab, u yerda mehnat qilgan. „Slon.ru“, „Radio Svoboda“, „Novaya gazeta“ nashriyotlari hamda Karnegi Moskva markazi bilan hamkorlik qilgan.

2014-yil mart oyi oxirida Qrim anneksiya qilinganidan keyin Simferopolda Rossiya Federatsiyasi fuqarosi sifatida pasport oldigan 2021-yil yanvar oyida Rossiya Kazaringa Rossiya fuqaroligidan voz kechishga ruxsat bergan.

Kazarin UA: First, 24 Chanel, ICTV kanallarida koʻplab shoularning boshlovchisi boʻlgan. Shuningdek, Radio NV va Ozodlik radiosida bir nechta loyihalarni olib borgan.

2021-yilda u „Sharqiy Yevropaning yovvoyi gʻarbi“ („Wild West of Eastern Europe“, 2021) nomli kitobini nashr qilgan, ingliz tilidagi tarjimasi 2025-yilda nashr qilingan.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan Kazarin Ukraina Qurolli Kuchlarining hududiy mudofaa kuchlariga qoʻshilgan va hozirda sharqiy frontda rus qoʻshinlariga qarshi jang qilmoqdaКримчани у теробороні: ми більше не хочемо тікати. 2023-yil mart oyida Baxmut jangida qatnashgan The war will not end this year: Pavlo Kazarin in an interview during the rotation from Bakhmut, (11 March 2023).

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar