„What You Want“ – falastinlik-kanadalik repper va xonanda Bellyning singli boʻlib, unda kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd hamda qatnashgan. U 2018-yil 24-mayda striming va raqamli yuklab olish uchun Roc Nation va XO orqali chiqarilgan. Qoʻshiq ANMLS, Nav va Cirkut kabi prodyuserlar bilan birgalikda yozilgan.

Tarixi „What You Want“— Immigrant albomidagi singl. Unda leybldosh-hamkasbi The Weeknd ishtirok etadi. Bu ular oʻrtasidagi ikkinchi hamkorlik boʻlib, Bellyning 2015-yildagi „Might Not“ singli ularning birgalikdagi ilk singli edi. Qoʻshiq 2018-yil 24-mayda rasmiy ravishda chiqarildi. Belly Billboardga bergan intervyusida shunday dedi: „Bu men videoni suratga olish jarayonlari ichida eng koʻp zavqlanganim boʻldi. Men va Abel birga ishlaganimizda doimo ajoyib kimyoga egamiz, lekin bu loyiha hammasidan ham zoʻri boʻldi“.

Musiqiy klip Videoklip 2018-yil 30-mayda chiqarilgan. 2025-yil may holatiga koʻra, video YouTubeda 12 milliondan ortiq marta tomosha qilingan.

Chartlar Chart (2018)Eng yuqorioʻrin

Sertifikatsiyasi +„What You Want“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarKanada (Music Canada)Platina80,000

Chiqarilish tarixi HududSanaFormatLeybl(lar)AQSh2018-yil 24-mayraqamli yuklab olish

Manbalar

Turkum:2018-yil qoʻshiqlari Turkum:2018-yil singllari Turkum:Belly qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:XO (yozuv leybli) singllari