Uvays al-Qarniy masjidi () – Suriyaning Raqqa shahridagi shia masjidi boʻlib, 2014-yil 31-mayda ISHID tomonidan vayron qilingan. 2025-yil holatiga koʻra, masjid qayta qurish jarayonida.

Tarixi Masjidda Siffin jangida (657-yil) halok boʻlgan Ammor ibn Yosir va Uvays al-Qarniy maqbaralari joylashgan edi. U shaharning yana bir diqqatga sazovor joyi – Bob al-Bagʻdod yaqinida joylashgan edi.

Qurilishi Dastlabki qabrlar shahar chetidagi qadimiy qabristonda joylashgan edi. 1988-yilda Suriya prezidenti Hafiz al-Asad va Eron Rahbari Ruhulloh Xomeyniy loyihasi asosida qabrlar atrofida yangi masjid qurila boshlandi. Qurilish 2003-yilda yakunlangach yodgorlik lavhasida Bashshor al-Asad va Eron prezidenti Muhammad Xotamiyning hissasi qayd etilgan.

Vayron qilinishi 2014-yil 26-mart kuni ISHID jangarilari tomonidan masjid portlatilib, butunlay vayron qilingan. Buning sababi sifatida masjidning shialarga tegishli ekanligi va qabrlar ustida qurilgan ziyoratgohlar borligi koʻrsatilgan.

Yana qarang Suriyadagi masjidlar roʻyxati Suriyadagi islomiy madaniy meros obidalarini vayron qilish

Manbalar

Havolalar

Turkum:21-asrda vayron qilingan masjidlar Turkum:21-asr masjidlari Turkum:Shia masjidlariga hujumlar Turkum:2014-yilda vayron qilingan binolar Turkum:Suriyadagi sobiq masjidlar Turkum:Suriyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Suriyadagi minorali masjidlar Turkum:2003-yilda qurilgan masjidlar Turkum:ISHID tomonidan vayron qilingan masjidlar Turkum:Raqqadagi masjidlar Turkum:Suriyadagi shia masjidlari Turkum:Imomiya shia masjidlari