İslam Mecmuası () 1914–1918-yillarda Konstantinopolda (Usmonli imperiyasi) nashr etilgan ikki haftalik siyosiy jurnal boʻlib, millatchilik va islomchilikni sintez qilishga urinishgan dastlabki nashrlardan biri sifatida tanilgan. Jurnalning shiori dinli bir hayat, hayatlı bir din () edi. Jurnal Ittifoq va Taraqqiyo Qoʻmitasi tomonidan moliyalashtirilgan.

Tarixi İslam Mecmuası 1914-yilda tashkil etilgan va Ittifoq va Taraqqiyot Qoʻmitasi tomonidan moliyalashtirilgan. Uning birinchi soni 1914-yil 12-fevralda chop etilgan. Bosh muharrir Kazanlı Halim Sabit boʻlgan. Jurnal ikki haftada bir marta nashr etilgan va bosh qarorgohi Konstantinopolda joylashgan edi. Dastlab 32 sahifadan iborat boʻlgan jurnal, Birinchi jahon urushi davrida qogʻoz tanqisligi tufayli 16 sahifaga qisqartirilgan. Faoliyati davomida turli nashriyotlarda bosib chiqarilgan.

Jurnalning asosiy maqsadi millatchilik va islomchilikni sintez qilish hamda zamonaviy turmush tarziga mos keladigan islohotchi va liberal islom versiyasini taqdim etish edi. Boshqa islomiy nashrlardan farqli oʻlaroq, u islomning ijtimoiy rol va vazifalariga eʼtibor qaratgan. İslam Mecmuası 1914-yil noyabrda jihod eʼlonini nashr etgan. Jurnal 1918-yil 30-oktyabrda, jami 63 soni chop etilgach, faoliyatini toʻxtatgan.

Muharrirlar İslam Mecmuasıda Ahmet Ağaoğlu, Besim Atalay, Aka Gündüz va Ömer Seyfettin kabi taniqli shaxslar faoliyat olib borgan. Uch turdagi guruh vakillari jurnalda faoliyat olib borgan: Shayx ul-islom Muso Kazım Efendi, İzmirli İsmail Hakkı va Şerafeddin Yaltıkaya kabi ulamolar; Şemsettin Günaltay va Halim Sabit kabi islohotchilar; Ziya Gökalp va Mehmet Fuat Köprülü kabi panturkistlar.

İslam Mecmuası muharrirlari koʻpincha Sebilürreşad jurnali orqali fikrlarini bildirgan konservativ islomchilar bilan ziddiyatga borishgan. Bahslar asosan islomdagi islohotlar haqida boʻlib, ular Ziya Gökalpning Fıkıh ve İçtimaiyat (Usmonli turkchasi: Fiqh va sotsiologiya) maqolasi chop etilgandan keyin boshlangan. Ikki tomon oʻrtasidagi keskinlik 1915-yilda, İslam Mecmuası Shayx ul-islom vakolatlarini cheklashni ochiq qoʻllab-quvvatlaganida yanada kuchaygan.

İslam Mecmuası Şerafeddin Yaltıkaya maqolalari orqali Ibn Taymiyya (salafiy mutafakkir) qarashlarini imperiyada birinchi boʻlib tanishtirgan nashr boʻlgan.

Manbalar

İslam Mecmuası Turkum:Usmonli imperiyasida 1914-yilda asos solingan jurnallar Turkum:Usmonli imperiyasida 1918-yilda tugatilgan jurnallar Turkum:1914-yilda asos solingan jurnallar Turkum:1918-yilda tugatilgan jurnallar Turkum:Turkiyada ikki haftalik nashr etilgan jurnallar Turkum:Turk millatchiligi Turkum:Millatchilik jurnallari Turkum:Turkiyada nashr etilgan islomiy jurnallar