Ana Debelić (1994-yil 9-yanvarda tugʻilgan) – xorvatiyalik professional gandbolchi, RK Podravka Koprivnica jamoasi va Xorvatiya ayollar milliy terma jamoasi aʼzosiEHF profili.

Faoliyati Debelić olti yoshida gandbol oʻynay boshlagan. Riyeka shahridagi litseyga oʻqishga kirgach, u Opatija va ŽRK Zamet klublarida oʻynagan. U 2012-yilda ŽRK Zamet safida kattalar darajasida ilk debyut oʻyinini oʻtkazgan. Keyingi mavsumda u ligada raqib boʻlgan RK Lokomotiva Zagreb klubiga oʻtgan. 2014-yilda ushbu klub bilan Xorvatiya chempionati va Xorvatiya Gandbol Kubogini yutgan. Keyin u bir yilga ŽRK Zelina klubida oʻynagan, soʻngra yana Lokomotiv Zagrebga qaytgan. Bir yil oʻtgach, u RK Podravka Koprivnica jamoasiga qoʻshilgan va bu yerda 2017, 2018 va 2019-yillarda yana Xorvatiya chempioni boʻlgan.

2020-yilda u Rossiyaning HC Astrakhanochka klubiga oʻtgan. Oradan bir yil oʻtgach, Norvegiyaning Vipers Kristiansand klubiga qoʻshilgan. U yerda 2022, 2023 va 2024-yillarda Norvegiya chempionatida gʻolib boʻlgan, shuningdek, 2022 va 2023-yillarda EHF Chempionlar Ligasida chempion boʻlgan. Debelić ushbu yutuqlarda himoya va hujumda muhim rol oʻynagan.

2025-yil yanvar oyida klub bankrotga uchraganidan soʻng u Vipers klubini tark etgan..

Debelić Xorvatiya terma jamoasi tarkibida 2016-yil Shvetsiyada, 2018-yil Fransiyada, 2020-yil Daniyada, 2022-yil Sloveniya, va 2021-yil Ispaniyada oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. U 2020-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan va turnirning ramziy terma jamoasiga (All-star team) kiritilgan.

U Handball Planet tomonidan ketma-ket 3 yil dunyoning eng yaxshi markaziy chizigʻi oʻyinchisi sifatida nomzod boʻlgan.

Yutuqlari EHF Chempionlar Ligasi: Gʻolib: 2021/2022, 2022/2023 Norvegiya chempionati: Gʻolib: 2021/2022, 2022/2023, 2023/2024 Norvegiya kubogi: Gʻolib: 2021/2022, 2022/2023, 2023/2024 Xorvatiya chempionati: Gʻolib: 2014, 2017, 2018, 2019 Xorvatiya Gandbol Kubogi: Gʻolib: 2014, 2017, 2019

Shaxsiy mukofotlari 2020-yil Yevropa chempionati – Ramziy terma jamoa aʼzosi (chiziq oʻyinchisi sifatida) Xorvatiyada yilning eng yaxshi gandbolchisi: 2021, 2022

Manbalar

Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Tirik odamlar Turkum:Xorvatiyalik ayol gandbolchilar Turkum:ŽRK Zamet oʻyinchilari Turkum:RK Podravka Koprivnica oʻyinchilari Turkum:Xorvatiyalik legioner sportchilar Turkum:Rossiyadagi xorvatiyalik sportchilar Turkum:Norvegiyadagi xorvatiyalik sportchilar