„Party Monster“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning, uchinchi studiyaviy albomi – Starboy tarkibiga kiruvchi qoʻshigʻi. Trek 2016-yil 17-noyabrda raqamli yuklab olish uchun toʻrtinchi singl sifatida chiqarilgan. Keyinchalik, 2016-yil 6-dekabrda AQShning urban contemporary radiosiga yuborilgan. Qoʻshiq The Weeknd, Ben Billions va Doc McKinney tomonidan yozilib, ishlab chiqarilgan boʻlib, Belly va Lana Del Rey ham qoʻshiq yozishda hissa qoʻshishgan. Lana Del Rey ushbu qoʻshiqda fon vokali egasi sifatida ishtirok etadi.
Tarixi 2016-yil 17-noyabrda The Weeknd oʻzining uchinchi studiyaviy albomi Starboydan uchinchi va toʻrtinchi singllar – „I Feel It Coming“ hamda „Party Monster“ni chiqarishini maʼlum qildi. Ushbu qoʻshiqlar ertasi kuni raqamli yuklab olish uchun taqdim etilgan.
Kompozitsiyasi „Party Monster“ – E♭ minor tonalligidagi trap janridagi qoʻshiqdir. Uning tezligi daqiqasiga 77 zarbdan iborat. Qoʻshiq E♭m–D♭–C♭–D♭ akkordlari ketma-ketligiga asoslangan.
Tijoriy muvaffaqiyati „Party Monster“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 chartida 16-oʻrinni egallagan va ushbu reytingda jami 19 hafta davomida qolgan. Oʻsha paytda u Starboy albomidagi eng yuqori choʻqqiga erishgan uchinchi trek boʻlib, 2020-yillarda „Die for You“ qoʻshigʻining qayta mashhurligi ortidan bu unvondan mahrum boʻladi. Ushbu qoʻshiq R&B Songs va Hot R&B/Hip-Hop Songs reytinglarida ham eng yaxshi oʻnlikka kirgan. Kanadada esa „Party Monster“ Hot 100 reytingida 8-oʻrinni egallab, oʻsha paytda albomning ikkinchi eng yuqori natijsiaga erishgan va 20 hafta davomida reytingda qolgan. Ushbu singl 2022-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarida RIAA tomonidan 3× Platina sertifikatiga sazovor boʻlgan; bu uning jami sotuvlari va oqimlari uch milliondan oshgan ekvivalent birliklarga teng ekanligini bildiradi.
Musiqiy klipi „Party Monster“ qoʻshigʻining videoklipi 2017-yil 12-yanvarda taqdim etilgan boʻlib, unga BRTHR rejissyorlik qilgan. Rap-Up jurnalida videoning syujeti quyidagicha tasvirlanadi: "Video Abel Tesfaye (The Weeknd)ni haydovchi oʻrindigʻida, choʻlda mashina boshqarayotgani bilan boshlanadi. Keyin psixodelik taʼsirlar boshlanib, hamma narsa xiralashadi. Diniy va sezuvchan tasvirlar tezda namoyon boʻlib, The Weeknd neon chiroqlar va olov bilan toʻlgan qoʻrqinchli olamga tushadi, bu yerda zombi qahramonlar koʻz shaklidagi tort yeyishayotgan boʻladi. Klip davomida, oldingi videomateriallar: „Starboy“ va Mania qisqa videosi bilan bogʻliq narsalar, xususan, neon xoch va pantera tasvirlari chiqadi. Bir sahnada pantera televizor ekranidan sakrab chiqib, The Weekndni krovatga (choʻkuvchi qumlardagi kabi) choʻktiradi. Video oxiriga yaqin yuzlar erib ketayotgan paytda, u yana yoʻlda paydo boʻladi. U xavfli tarzda juda tez haydab, oxirida mashinani sohillikdan qulatadi, lekin bu manzarani u chetdan kuzatadi". BRTHR, shuningdek, Travis Scottning „Goosebumps“ qoʻshigʻi uchun ham shunga oʻxshash uslubda klip yaratgan. Videoklipda ishlatilgan avtomobillar Mazda RX-7 FC3S va Lamborghini Murcielago boʻlgan. Yapon qoʻshiqchisi va internet shaxsiyati Joji, maʼlumotlarda videoning VHS kamerasi operatori sifatida keltirilgan.
Remiks Qoʻshiqning remiksi 2017-yil 19-yanvarda GQ jurnali bilan hamkorlikda chiqarilgan. Remiks uchun musiqiy klip rejissyor David Helman tomonidan suratga olingan boʻlib, u qoʻshiqning yangi versiyasi „Party Monster 2.0“ bilan bir vaqtda taqdim etilgan.
Chartlar
Haftalik chartlar Chart (2016–2017) Eng yuqorioʻrin International (IFPI) 21 (FIMI) 70 (Lebanese Top 20) 12
Yil yakuniga koʻra chartlar Chart (2016) Oʻrin (Stream Top 40) 97
Chart (2017) Oʻrin Hot R&B/Hip-Hop Songs (Billboard) 56 Rhythmic (Billboard) 22 (Canadian Hot 100) 91
Sertifikatsiya +„Party Monster“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarAmerika Qoʻshma Shtatlari (RIAA)3× Platina3,000,000Avstraliya (ARIA)2× Platina140,000Birlashgan Qirollik (BPI)Platina600,000Braziliya (Pro-Música Brasil)2× Platina120,000Daniya (IFPI Danmark)Platina90,000Fransiya (SNEP)Olmos100,000Italiya (FIMI)Oltin50,000Kanada (Music Canada)4× Platina320,000Norvegiya (IFPI Norway)Oltin20,000Polsha (ZPAV)Platina50,000Portugaliya (AFP)Platina10,000Yangi Zelandiya (RMNZ)Platina30,000StrimingGretsiya (IFPI Greece)Oltin1,000,000
Chiqarilish tarixi HududSanaFormatLeybl(lar)Global2016-yil 18-noyabrraqamli yuklab olishAQSh2016-yil 6-dekabrUrban contemporary2016-yil 13-dekabrRhythmic contemporary
Manbalar
Turkum:2016-yil qoʻshiqlari Turkum:2016-yil singllari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Republic Records singllari Turkum:XO (yozuv leybli) singllari