Salma K. Farid Akademiyasi (SKF Akademiyasi) – Konnektikut shtatining Hamden shahrida joylashgan notijorat islomiy bolalar bogʻchasi va boshlangʻich maktabdir.

Maktabning oʻquv dasturi va amaliyoti butunlay Qurʼon va sunnatga asoslangan. Maktab kunduzi 3 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga, maktabdan keyin esa 18 yoshgacha boʻlgan yoshlarga taʼlim berish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, kechqurun kattalar uchun ham darslar oʻtiladi.

Tarixi Maktab 2008-yil oktyabr oyida Tariq Farid va uning oilasi homiyligida ochilganMichael P. Mayko and Marian Gail Brown, Muslim population is growing, Connecticut Post, October 18, 2008. Maktab 2005-yilda vafot etgan Faridning onasi Salma K. Farid sharafiga nomlanganBoth sides adamant in mosque dispute , Jeffery Kurz, Meriden Record-Journal, 2008-yil 6-iyul.

Manbalar

Havolalar

Salma K. Farid Akademiyasining rasmiy veb-sayti

Turkum:2008-yilda tashkil etilgan taʼlim muassasalari