Taguhi Tovmasyan (1982-yil 14-avgustda tugʻilgan) – Armaniston Milliy Assambleyasining 7-chaqiriq deputati, gid-tarjimon, jurnalist va siyosatchi.

Biografiyasi Taguhi Tovmasyan 1982-yil 14-avgustda Armaniston SSRning Vardenis shahrida dunyoga kelgan.

Tovmasyan Armaniston Davlat pedagogika universitetining Gumanitar fanlar fakultetida tahsil olib, 2000-yilda gid-tarjimon (ingliz tili) hamda 2003-yilda jurnalist sifatida ushbu universitetni tamomlagan. 2013-yilda Armaniston Davlat Boshqaruv Akademiyasida siyosatshunoslik boʻyicha magistr darajasini olgan. 2004-yilda Yerevandagi Urush va tinchlikni yoritish institutida xalqaro jurnalistika standartlari boʻyicha oʻqishini davom ettirgan hamda Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasi dasturi doirasida yuridik jurnalistika boʻyicha taʼlim olgan. 2014–2015-yillarda Tovmasyan Yerevanda Yevropa Kengashi tomonidan tashkil etilgan Demokratiya kurslarida ishtirok etgan.

Mehnat faoliyati 2003–2004-yillar oraligʻida u „Iravunk“ gazetasida koʻngilli sifatida ishlagan va 2004-yilda gazetaning siyosiy boʻlimiga koʻtarilgan.

2004–2007-yillarda „Iravunk“ gazetasining siyosiy boʻlimida jurnalist boʻlib ishlagan. 2007–2011-yillarda „Ogostos“ („Avgust“) MChJ agentligining „Toʻrtinchi hokimiyat“ gazetasida jurnalist sifatida faoliyat olib borgan.

2011-yilda Tovmasyan „Zhoghovurd Publishing House“ MChJ asoschisi va rahbari boʻlgan („Zhoghovurd“ kundalik gazetasi, ArmLur.am yangiliklar sayti). U, shuningdek, „Zhoghovurd“ gazetasi va ArmLur.am saytining bosh muharriri boʻlib ham faoliyat yuritgan. 2019-yil dekabr oyida nashriyotga reyd uyushtirilgan.

2021-yil 31-mart kuni boʻlib oʻtgan 11-yillik AAD taqdirlash marosimida Tovmasyan „Yilning eng yaxshi parlament aʼzosi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan.

2021-yil 20-iyunda „Sharaf bilan“ partiyalar ittifoqining milliy saylov roʻyxati asosida yana Milliy Assambleya aʼzosi etib saylangan.

Oilasi Taguhi Tovmasyan turmush qurgan va ikki nafar farzandi bor.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Siyosatchi ayollar