Sosoniylar yoʻllari – Sosoniylar imperiyasini saqlab qolish va rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan infratuzilma edi. Sosoniylar yoʻl tizimining katta qismi arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada oʻtkazilmaganligi sababli nomaʼlumligicha qolgan. Maʼlumotlarning asosiy qismi keyingi davr islom geograflari, masalan, Ibn Xordodbeh asarlaridan olingan boʻlib, ular oʻz navbatida savdogarlardan olingan maʼlumotlarga tayangan.
Asosiy sosoniy yoʻli Mesopotamiyadan boshlangan. Shimoliy yoʻllardan biri Hatra va Nahavand orqali Xuroson, Toxariston va Movarounnahrga olib borgan. Yana bir shimoliy yoʻl Ozarbayjon orqali Armaniston va Lazikaga borgan. Janubiy yoʻl esa Dehloran va Susangird orqali Xuzistonga, soʻngra Fors koʻrfazi boʻyidagi qirgʻoq yoʻlini boʻylab Parsga borgan.
Sosoniylar imperiyasining barcha yoʻllarida soliq stansiyalari mavjud boʻlib, ular savdo tovarlaridan soliq yiqqan, sayyohlarga xizmatlar koʻrsatgan. Biroq, tarixchi Xododod Rezaxoniy taʼkidlashicha, bu „xizmatlarning haqiqiy miqyosi arxeologik jihatdan aniqlanmagan“.
Yana qarang Rim yoʻllari Shoh yoʻli Xuroson yoʻli
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Sosoniylar imperiyasi Turkum:Qadimgi yoʻllar va yoʻnalishlar