Sobirjon Rahimjonov (1941-yil 15-fevral, Toshkent shahri, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik teatr, kino va dublyaj aktyori. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.
Hayoti Sobirjon Rahimjonov 1941-yil 15-fevralda Toshkent shahri Yunusobod tumani Bobodehqon mahallasida, dehqon oilasida tugʻilgan. Otasi Rahimjon — dehqon, Onasi Qutbiniso esa uy bekasi boʻlgan. Oilada 7 ta farzandning beshinchisi boʻlgan. 1959-yilda avvalgi Teatr sanʼati va rassomlik institutining (Milliy rassomlik va dizayn instituti) „Musiqali drama“ boʻlimiga oʻqishga kirgan. Talabalik yillarinin boshlaridayoq Muqimiy teatrida oʻz faoliyatini boshlagan. Oilali. 4 farzand — 3 qiz va bir oʻgʻilning otasi.
Faoliyati Sobirjon Rahimjonov bugunga qadar minglab film va multfilmlar dublyajida ishlagan. Jumladan, „Aloviddinning sehrli chirogʻi“, „Sadoqat“ (hind filmi), „Arshin mal alan“ (bosh qahramon Asqarga ovoz bergan), kabi filmlarga, hamda „Qunduz amakining ertaklari“, „Sharki va Jorj“ „Muzlik davri“, „Anpanman“, „Mulan“, „Baliqchi va baliq haqida ertak“ singari multfilm qahramonlariga ovoz bergan. Teatrdagi faoliyati ham sermahsul boʻlib, „Nurxon“ spektaklida Mamat, „Vatan ishqi“da Sobir, „Holisxon“da Norboyvachcha, „Toshbolta“da Sunnat, „Ishqing bilan“da Shukur, „Qaynona“ kabi spektakllarda rol ijro etgan.
Filmografiyasi Yil Film nomi Roli Film rejissyori 1990-yil „Bobur“ Hakim ota Maqsud Yunusov 2010—2014-yillar „Opa-singillar“ seriali Abduvahob Zamira Begimqulova 2019-yil „Tuhmat girdobi“ - Ilhom Muhammadibrohimov 2022—2024-yillar „Otalar soʻzi“ telenovellasi - - 2021—2025-yillar „Iqror“ seriali - -
Manbalar
Havolalar SAN'ATIMIZ DARG'ALARI: SOBIRJON RAHIMJONOV. САНЪАТИМИЗ ДАРҒАЛАРИ: СОБИРЖОН РАҲИМЖОНОВ. Sobirjon Rahimjonov - Monolog Ming Bir Rivoyat (O'zbekiston Telekanali 2008) Бу Узбек актёрларини эсладингизми уларни канчалик биласиз Бу мултфилмларни Узбекча дубляжини эслайсизми