Moʻmin ( — eʼtiqod qiluvchi) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Moʻmin Karimov — Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi hamda Shon-sharaf ordeni sohibi; Moʻmin Meliyev — oʻzbekistonlik futbolchi; Moʻmin Muxitdinov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi; Moʻmin Oripov — oʻzbekistonlik xonanda, aktyor va qoʻshiqnavis; Moʻmin Rizo — oʻzbekistonlik aktyori; Moʻmin Salomov — 280-piyoda polki (185-piyoda diviziyasi, 47-armiya, 1-Belorussiya fronti) ogʻir pulemyotlar brigadasi komandiri, serjant, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, uchchala darajadagi „Shuhrat“ ordeni sohibi; Moʻmin Sultonov — ganchkor usta, Oʻzbekiston xalqustasi (2000); Moʻmin Usmonov — qoʻqonlik davlat va jamoat arbobi. OʻzSSR maorif xalq komissari; Moʻmin ibn Abdulloh Bunjikasiy — roviy; Moʻmin mirzo — temuriy shahzoda. Badiuzzamonning oʻgʻli. Husayn Boyqaroning nevarasi; Moʻminjon Abdullayev — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Uch karra Osiyo chempionati gʻolibi, Islom birdamlik oʻyinlari va Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori. 2018-yil yozgi Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Uchta olimpiada ishtirokchisi; Moʻminjon Azimov — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi; Moʻminjon Muhammadjonov — yozuvchi, maʼrifatparvar, jadidchilik harakatining namoyandasi.
Familiyalar Moʻminov Moʻminova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari