Nazira ( — oʻxshash narsa; oʻxshatish; nusxa) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Nazira Ahmedova — oʻzbek opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). Oʻzbekiston xalq artisti (1951); Nazira Aliyeva — oʻzbekistonlik aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1969); Nazira Botirova — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respubdikasi xalq oʻqituvchisi (2001); Nazira Muxtorova — Oʻzbekiston davlat arbobi; Nazira Yoʻldosheva — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949), KPSS aʼzosi (1945); Nazira as-Salom — oʻzbekistonlik shoira. „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni sohibasi; Naziraxon Husanova — toʻquvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha ayollar ismlari