Abulasakir Jaysh ibn Xumoravayh (; 882 — 896) Misrdagi Tuluniylar sulolasining uchinchi amiri boʻlib, 896-yilda qisqa muddat hukmronlik qilgan. Hayoti Otasi Xumoravayhni 896-yil 18-yanvar oʻz xizmatkorlaridan biri oʻldirgan. Ushbu xizmatkor Xumoravayhning sevimli xotini bilan yashirin aloqada boʻlgan. Bu haqda Xumoravayh xabar topgach, xizmatkor oʻz hayotidan xavotirlanib, Tuluniylar hukmdorini oʻldirish uchun fitna uyushtirgan. Xumoravayhning oʻlimidan soʻng, uning voyaga yetmagan oʻgʻli Abulasakir Jaysh hukmdor boʻlgach, mamlakatda beqarorlik davri boshlandi.

Xumoravayhning toʻngʻich oʻgʻli 896-yil boshida, oʻn toʻrt yoshida otasining oʻrnini egalladi. Koʻp oʻtmay, amakisi Mudar ibn Ahmad ibn Tulunni qatl etishga buyruq berdi. Bir necha oylik hukmronlikdan soʻng, faqihlar va qozilar amirni taxtdan tushirilgan deb eʼlon qilishdi. 896-yil noyabr oyida esa oʻz vaziri Ali ibn Ahmad al-Mazoraiy bilan birga qatl etildi. Oʻrniga ukasi Horun taxtni egalladi. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:880-yillarda tugʻilganlar Turkum:896-yilda vafot etganlar Turkum:Tuluniy amirlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Qatl etilgan monarxlar