Omon ( — xavfsizlik; xotirjamlik; rahm-shafqat) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Omon G‘ofurov — oʻzbekistonlik sport jurnalisti; Omon Hamdamov — tojik bastakori, dirijyor va oʻqituvchi. Tojikiston SSR xalq artisti (1978); Omon Hikmatov — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), iqtisod fanlari doktori (1970), professor (1971). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgangan (1953); Omon Jamolov — oʻzbek olimi, oʻqituvchi hamda gʻoʻza oʻsimligiga oid bir qancha ilmiy ishlar muallifi; Omon Kekilov — Turkmanistan xalq yozuvchisi (1967), adabiyotshunos olim; Omon Matjon — oʻzbekistonlik shoir, Oʻzbekiston xalq shoiri; Omon Qulmamedov — turkman aktyori, rejissyor, turkman milliy professional teatr sanʼatining asoschilaridan. Xalq artisti (1949); Omon polvon — Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi harakatning rahbarlaridan biri. Familiyalar Omonov Omonova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari