Muhammad ibn Abdulloh al-Azroqiy () – IX asr islom mufassiri va tarixchisi, „Kitob Axbar Makka“ asari muallifi.
Al-Azroqiy uzoq asrlar davomida Makkada yashab kelgan oiladan boʻlgan. U islomdan avvalgi davrda, 603-yilda sodir boʻlgan yongʻindan soʻng qayta qurilgan Kaʼbaning tuzilishi va rejasiga oid maʼlumotlarni taqdim etgan. Bu davr paygʻambar Muhammad tomonidan 630-yilda Makka egallanguniga qadar boʻlgan davrni qamrab oladi. Kaʼbaning ichida Hubal – Makkadagi asosiy erkak butxudo haykali hamda boshqa koʻplab butparastlikka oid buyumlar mavjud boʻlgan. Ular 630-yilda islomiy aqidalarga zid boʻlgani sababli yoʻq qilingan. Shuningdek, ichkarida Ibrohim paygʻambarning oʻgʻli Ismoilning oʻrniga qurbon qilgan qoʻchqor shoxlari, Iso hamda Maryam tasvirlangan rasm (ehtimol, fresco) ham boʻlgan. Al-Azroqiy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, paygʻambar Muhammad bu narsalarni saqlab qolgan va ular 683-yilda Umaviylar tomonidan buzilmagunga qadar mavjud boʻlgan. Al-Azroqiy Kaʼbaning ichki qismidagi daraxt tasvirlariga oid tafsilotlarga toʻxtalib oʻtmagan. Bunday tasvirlar „al-Qalis cherkovi“ (Sano) devorlaridagi mozaika bezaklarida uchragan, keyinchalik Umaviylar davridagi Quddusdagi „Qoya Gumbazi“, Madinadagi „Al-Masjid an-Nabaviy“ hamda Damashqdagi „Umaviylar masjidi“ning mozaik bezaklarida ham paydo boʻlganKing, G. R. D. 2004. The Paintings of the Pre-Islamic Kaʼba. In Muqarnas: An Annual on the Visual Culture of the Islamic World, XXI, 219-230.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:9-asr arab shaxslari Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi tarixchilari