Axshunvor (Soʻgʻdcha: əxšōnδār; Forscha: Xašnavāz) 5—6-asrlarda eftaliy podsholari qoʻllagan hukmronlik unvoni.
Unvon Sharqiy Erondan kelib chiqqan boʻlib, W.B.Henningning taʼkidlashicha, uning asl shakli ʾxšʾwndʾr (axšōndār) shaklida boʻlgan hamda „shoh“ yoki „hukmdor“ maʼnosini anglatgan. G.Widengren esa dastlabki shakli soʻgʻdcha ʾxšʾwnwʾr, yaʼni „hokimiyat egasi“ boʻlgan, degan versiyani ilgari surgan. Oʻrta asr fors shoiri Firdavsiyning yangi fors tilidagi Shohnoma dostonida bu nom Xushnavoz shaklida uchraydi. Xushnavoz soʻzi „goʻzal ijrochi, musiqachi“ degan maʼnoni anglatib, asl nomning oʻrnida ism sifatida ishlatilgan. Baʼzi olimlar Kidariylar shohi Kunxasning ismi Axshunvor bilan bir xil kelib chiqishga ega, degan nazariyani qoʻllab-quvvatlaydilar. Bu esa, oʻz navbatida, Axshunvor dastlab Kidariylar foydalangan, keyinchalik eftaliylar ularni siqib chiqargach, oʻzlariga qabul qilgan unvon, degan taxminni keltirib chiqargan. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Eftaliylar Turkum:Xuroson tarixi Turkum:Soʻgʻdcha soʻz va atamalar Turkum:Hukmronlik unvonlari