Abu Mansur Abduqohir ibn Tohir ibn Muhammad ibn Abdulloh at-Tamimiy ash-Shofiʼiy al-Bagʻdodiy (), asosan, Abduqohir al-Bagʻdodiy () nomi bilan mashhur, shuningdek, Abu Mansur al-Bagʻdodiy () deb ham ataladi, arab millatiga mansub bagʻdodlik olim, sunniylik mazhabiga eʼtiqod qilgan. Ash’ariya maktabi yetakchi ilohiyotchisi va shofeʼiylik mazhabi faqihi. Yuksak salohiyatga ega boʻlgan huquq nazariyotchisi, adabiyotshunos, shoir, grammatikachi, bid’atshunos, matematik, aruz vazniga oid bilimlarni oʻrgangan.

Hayoti Abduqohir al-Bagʻdodiy Bagʻdodda tugʻilib oʻsgan. Banu Tamim qabilasining arab qabilasidan boʻlgan. Ibn Asokirning yozishicha, Abu Mansur Imom al-Ash’ariy sahobalarining shogirdlari bilan uchrashgan va ulardan ilm olgan. Ash’ariylarning uchinchi avlodi imomlari orasida u al-Bayhaqiydan katta boʻlgan, Abu Zarr al-Haraviy va Abu Muhammad al-Juvayniyning zamondoshi edi. Abu Mansurni yoshligida otasi Bagʻdoddan Nishopurga olib kelgan va u aynan shu shaharda taʼlim olgan. Abu Mansur badavlat kishi sifatida tanilgan boʻlib, oʻzining barcha boyligini donishmand olimlarga hadya qilgan. U, shuningdek, fiqh, usul, arifmetika, meros huquqi va kalom ilmi kabi oʻn yettita fandan dars berish huquqiga ega boʻlganGibb, H. A. R.; Kramers, J. H.; Lévi-Provençal, E.; Schacht, J.; Lewis, B. & Pellat, Ch., eds. (1960). The Encyclopaedia of Islam, Second Edition. Volume I: A–B. Leiden: E. J. Brill. p. 909. OCLC 495469456.. Xuroson olimlarining aksariyati uning shogirdlari boʻlgan. Abduqohir Abu Is’hoq al-Isfarayniyning eng mashhur shogirdlaridan edi. U keyinchalik Oqil masjidida Abu Is’hoq al-Isfarayniyning oʻrnini egallab, bosh mudarris boʻlgan, aynan uning qoʻl ostida al-Bayhaqiy, al-Qushayriy, Abu Xalaf at-Tabariy va Nosir al-Marvaziylar taʼlim olgan. Abduqohir Abu Bakr al-Ismoiliy va boshqa olimlardan hadis ilmini oʻrgangan. Hayotining oxirlarida turkman gʻalayonlari tufayli Abu Mansur Nishopurni tark etishga majbur boʻlgan va Isfayayin shahriga joylashib, u yerda ham taniqli shaxsga aylangan. Abu Mansur Isfayayin shahrida hijriy 449-yilda (milodiy 1038) vafot etgan va ustozi Abu Is’hoq al-Isfarayniyning qabri yoniga dafn etilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:1037-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi matematiklari Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:10-asr matematiklari Turkum:11-asr matematiklari Turkum:10-asr arab shaxslari